TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Аниме,Музыка, Аниме эдиты

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @StickerEdit · Post #5721 · Apr 29

Аниме: #БлюЛок Тип: #Авы

Results

8 similar posts found

Search: #qaror

当前筛选 #qaror清除筛选
AyTi Markaz Yaypan

@itcenter_yaypan · Post #2076 · 02/02/2024, 02:26 AM

⚡️“Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi ✍️ Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-martdan boshlab: ⏺nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda, bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish tizimini nazarda tutuvchi dastur; ⏺xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi; ⏺ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etiladi. Batafsil:👉https://digital.uz/news/view/5394/ #digital #qaror 📌Telegram|Facebook|Instagram|Youtube|Threads |X

©Husniddin Isakov

@isakovxusniddin · Post #6999 · 09/08/2023, 12:14 PM

✅Belgilansinki, Yoshlar ishlari agentligi tuman(shahar)bo'limi boshliqlarining zimmasiga tuman(shahar) darajasida "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyatiga ko'maklashish bilan bog'liq quyidagi vazifalar yuklatiladi: - "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyati doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari bilan muntazam aloqani yo'lga qo'yish, hamkorlikda ish tashkil etish; - ushbu qarorning ilovasida keltirilgan "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan Respublika tanlovlarining maktab hamda mahalliy bosqichlarini belgilangan muddatlarda hamda yuqori saviyada tashkil etilishini muvofiqlashtirish; - tuman(shahar) darajasida "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyati bilan bog'liq ma'lumotlarni Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashiga taqdim etib borish; - sinf, maktab, tuman (shahar) Sardorlar Kengashi faoliyatini tashkil etishga ko'maklashish; - bolalarning siyosiy-huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyat va sport sohalaridagi ehtiyojlarini o'rganish hamda ularing manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bajarilishiga ko'maklashish; - o'quvchilarda bag'rikenglik, mehr-muruvvat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, ular o'rtasidagi o'zaro kamsitish illatlarini kamaytirish yuzasidan targ'ibot uchrashuvlarini tashkil etish. #Qaror#Hamkorlik @isakovxusniddin

Sirojiddin Toxirjonov

@sirojiddintaxirjonov · Post #226 · 01/20/2022, 07:44 AM

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan ma'lumot 👁YouTube orqali ko‘rish (HD) #infografika#qaror Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi ✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi. 💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #PQ160#qaror 👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Hashtags

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #10 · 05/23/2025, 03:27 PM

Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi ✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi. 💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #PQ160#qaror 👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Hashtags

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti faoliyati yanada takomillashtiriladi ⚡️ Universitetimiz faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-151 sonli qarori imzolandi. Ushbu qaror imzolanishi davlatimiz rahbarining universitetimiz faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasidagi ulkan tashabbus hisoblanadi. ✅ Qarorga muvofiq eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-o'qituvchilarning ilmiy maktablari shakllantiriladi. Innovatsion yondashuv asosida ilmiy loyihalar amalga oshiriladi. 🔬 Universitetimizda zamonaviy ilmiy laboratoriyalar bazasi shakllantirilib, ilg'or asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. 🔍 Muhandislik-texnik, sun'iy intellekt, nanotexnologiyalar, "yashil" iqtisodiyot va tibbiyot sohalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar kengaytiriladi. 💥 Magistratura bosqichi talabalariga grantlar ajratiladi. ✨ Shuningdek, Germaniyaning ilg'or oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda o'z klinikasi va tadqiqot markaziga ega Tibbiyot fakulteti tashkil etiladi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Prezident#qaror#Mirziyoyev ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #1493 · 04/15/2026, 12:13 PM

Odam katta hayotga qadam qo‘yar ekan, uning har bir so‘zi va qarori aslida uning kimligini ko‘rsatadi. Shu sababli qarorlar shunchaki hozirgi holat uchun emas, balki oldindan o‘ylangan, uzoq muddatli bo‘lishi muhim. Kecha bir qaror aytib, ertasi kuni boshqasini tanlash ko‘pincha ma’suliyatdan qochishdek ko‘rinadi. Eng avvalo inson o‘z aytgan so‘ziga aniqlik kiritib olishi kerak. Ayniqsa rasmiy muhitda ikki xil gapirish siz haqingizdagi ishonchni susaytiradi. Har kim o‘z zimmasiga oladigan ma’suliyatni to‘g‘ri baholashi kerak, qila oladimi yoki yo‘q. Chunki hayot har doim ham ikkinchi imkoniyat bermaydi. Ishonch berilgan ekan uni oqlashga harakat qilish kerak! Chunki ishonch bir marta yo‘qolsa uni qayta tiklash juda qiyin. — So‘z, bu oddiy gap emas, u sizning sha’ningiz. — Qaror, bu oddiy tanlov emas, u sizning yo‘lingiz. — Shuning uchun har bir qadamni ongli qo‘ying. — Har bir so‘zni mas’uliyat bilan ayting. — Va har bir qaroringiz ortida turishni o‘rganing. ❤️@suxrobblog #eslatma#qaror#masuliyat

©Husniddin Isakov

@isakovxusniddin · Post #6846 · 07/19/2023, 01:51 PM

✅Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalariga 14 nafar faol yoshlar imtiyozli qabul qilish uchun tavsiya etildi Yoshlar ittifoqi va "Kamalak" bolalar tashkiloti tizimida erishgan yutuqlari, tashkiloti rivojiga qo‘shgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida eʼtibor qaratgan holda o‘rganib chiqilib, quyidagi 14 nafar eng munosib yoshlarga mazkur imtiyoz taqdim etildi. 🤗 Eng quvonarlisi 14-nafar yoshlar orasidan 12 nafari "Kamalak" bolalar tashkilotining sardorlarini tashkil etadi. 🎉 "Kamalak" bolalar tashkiloti jamoasi nomidan yoshlarimizning oliy ta’lim muassasalaridagi ta'lim jarayonlariga va kelgusi ish faoliyatlariga omad tilaymiz! #qaror#imtiyoz#sardorlar 🦅"Kamalak" bolalar tashkiloti Axborot Xizmati: @isakovxusniddin