@newuzbekistanuniversity · Post #4140 · 12/14/2025, 10:25 AM
“Yangi O‘zbekiston” universiteti O‘zbekiston oliygohlari bilan sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytiradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida sunʼiy intellekt texnologiyalarini taʼlim tizimiga tatbiq etishga bag‘ishlangan rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda respublika bo‘yicha barcha oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, sohani raqamli transformatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. 💻 Forumda davlatimiz rahbari sunʼiy intellektni barcha sohalarga keng joriy etish iqtisodiyotning muhim drayveriga aylanishi, bu jarayonda universitetlar birinchilardan bo‘lishi zarurligini taʼkidlagani alohida qayd etildi. O‘quv jarayonida sunʼiy intellektdan foydalanish taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishi aytildi. 💬 Forum doirasida Yangi Oʻzbekiston universiteti prorektori Bahodir Ahmedov ham maʼruza qilib, sunʼiy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish, innovatsion taʼlim modellari va zamonaviy ilmiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha universitet tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #RectorsAI#Insights#NewUU#Forum ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Hashtags