🚨Kelajak politsiya mashinasi sinovdan o‘tyapti
🚓 Janubiy Koreyada politsiya uchun Kia PV5 elektr furgoni taqdim etildi — u dron bilan jihozlangan.
👁 Mashina ichida 360° ko‘rishli 3 ta aqlli kamera bor. Ular yuzni tanib, hatto odamlarni kiyimi orqali aniqlay oladi.
🚁 Eng qiziq joyi — tomida yashirin dron. U uchib chiqib, hududni tekshiradi va 90x zoomli termokamera orqali tasvir uzatadi.
🌀 Elektromobil esa deyarli shovqinsiz harakatlanadi, bu esa kuzatuvni yanada samarali qiladi.
➡️#transport | Birinchi IT-Blog
🚘Need For Speed haqiqiy hayotda: BMW real mashinalarda VR-poygalarni o‘ylab topdi
😎 Virtual reallik shlemi orqali siz o‘yinni ko‘rasiz, aslida esa rulda o‘tirib, o‘z mashinangizni haqiqatdan ham trassada boshqarasiz.
Yo‘l harakati inspektorlari ham virtual bo‘ladimi endi?
➡️#transport | Birinchi IT-Blog
🚌Xitoyda 10 kishilik “uchar avtobus” sinovdan o‘tdi
🚁Xitoylik muhandislar Matrix nomli 10 yo‘lovchiga mo‘ljallangan yo‘lovchi dronini yaratdi. Ushbu “uchar avtobus” allaqachon dastlabki sinovlardan o‘tgan.
🔋Qurilmaning ikki xil versiyasi rejalashtirilgan. Elektr modeli 250 km gacha, gibrid varianti esa 1500 km gacha uchish masofasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.
🌍Gibrid versiya qisqa sayohatlar bilan cheklanmay, hududlararo parvozlarni ham amalga oshira olishi mumkin.
➡️#transport | Birinchi IT-Blog
🇫🇷 Fransuz ixtirochisi Frenki Zapata ikki yillik ishlanmadan so‘ng kapsulaga o‘xshash bir kishilik vertolyot-kopterni taqdim etdi
ℹ️ Uning barqaror parvozini namoyish qilindi. Qurilma 120 kg yuk ko‘tara oladi, 100 km/soat tezlikka chiqadi, 2 soat parvoz qiladi va narxi 250 ming dollar.
➡️#transport | Birinchi IT-Blog
🚴 Velosiped, elektromobil va kosmik shuttle gibridi — fransuzlar Vigoz nomli uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etishdi, u soatiga 120 km tezlikka chiqadi
⚙️ Bu yerda odatiy zanjir yo‘q: pedallar bosilganda kuch elektr energiyasiga aylanadi va motorni quvvatlantiradi. 22 kVt·soat sig‘imdagi batareya 160 km yo‘l zaxirasini ta’minlaydi.
ℹ️ Odam zamonaviy kapsula ichida o‘tiradi va kosmik kemani boshqargandek joystiklar orqali boshqaradi. Tezlikni o‘zing tanlaysan: sokin aylantirsang sayr, keskin bosilsa esa — bolid uchib ketadi.
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog
🇺🇸 Amerikalik blogerlar «Mad Max» uslubida 3 g‘ildirakli monster-trak yasashdi
🏍 Mashina dizel turbomotorda harakatlanadi, eng qiziq tomoni — haydovchi kabinasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri old g‘ildirak ichiga joylashtirilgan.
⚙️ Ixtirochilar yarim yil davomida ushbu apparatni yig‘ishgan, ammo bu shunga arziganini aytishmoqda: ularning ta’kidlashicha, bu muhandislik mo‘jizasi deyarli har qanday notekis yo‘llarni yengib o‘tishga qodir.
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog
🚇 Riyod metrosi ishga tushdi
ℹ️ 1-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Riyod shahrida umumiy uzunligi 176 km bo‘lgan yangi metro tizimi ishga tushdi. Dastlabki bosqichda 3 ta liniya ochildi, qolganlari esa 5-yanvargacha ishga tushiriladi.
🚆 Metroda 85 ta stansiya, to‘liq avtomatlashtirilgan va haydovchisiz poyezdlar mavjud. Shuningdek, xizmat 3 ta sinf:birinchi, oilaviy va standart xizmat turlariga bo‘lingan.
💡 Bu tizim dunyodagi eng innovatsion metro deb atalmoqda, chunki u nafaqat ekologik toza, balki qulay va xavfsiz transportni ta’minlaydi.
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog
🚃Rossiyada haydovchisiz tramvaylar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda
ℹ️ Ayni paytda tramvayda tizimning ishlashini nazorat qiluvchi haydovchi bor va u test jarayonida vaqtinchalik. 2025-yil oxirigacha tramvay butunlay haydovchisiz bo‘lishi kerak. Loyiha mualliflari ularning avtomobili allaqachon 1000 kilometr masofani bosib o‘tgani va hech qanday yo‘l harakati qoidalarini buzmagani haqida xabar berishdi.
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog
🚛 Yangi 95 tonnali КамАЗ-65685 «Атлант-65» yuk mashinasi taqdim etildi
ℹ️ U shunchalik kattaki, yengil avtomobillar harakatlanadigan yo'llarda yurish taqiqlanarmish. 2025-yildan boshlab sotuvga chiqariladi.
Kamazchi tanishlarga yuborib qo'ying...
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog
🚆 Xitoyda dunyodagi eng tezyurar poyezd sinovdano'tkazildi
ℹ️ Ushbu magnitli yostiq orqali harakatlanadigan poyezd soatiga 1000 km tezlikkacha chiqa oladi. Yaqin orada u Shanxay va Pekin shaharlarini bog'lashi kutilmoqda. Shunda oradagi masofani 1.5 soatda bosib o'tish mumkin bo'ladi.
➡️#transport | Birinchi raqamli IT-Blog