@teachforuzbekistan · Post #244 · 06/29/2025, 04:03 PM
🇺🇿🌍Teach For All Global Tarmog‘i Oʻzbekistonda! 2025-yil 24-26-iyun kunlari Teach For All asoschisi va rahbari Wendy Kopp, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rahbari Edna Novak va mintaqa koordinatori Shoaib Alam O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 📆24.06.2025 📍 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Wendy Kopp xonim O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida oʻtkazilgan rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi. Unda ta’limdagi islohotlar, o‘qituvchilar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 📍U-ENTER markazi, Dastur ishtirokchilari bilan muloqot Wendy Kopp xonim ishtirokida dastur ishtirokchilari bilan samimiy uchrashuv, savol-javob va ilhomlantiruvchi suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yosh liderlarga kuchli motivatsiya bag‘ishladi. 📆25.06.2025 📍American University of Technology rahbari Dr. Said Irandoust bilan uchrashuvda ta’limdagi innovatsion yondashuvlar va hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. 📍U-ENTER: Taqdimotlar Edna Novak va Shoaib Alam dastur ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z maktablaridagi ishlari haqida hisobotlar taqdim etdi. 📆26.06.2025 📍Ground Zero Dastur ishtirokchilari va Teach For Uzbekistan Vasiylar Kengashi bilan uchrashuvda dastur strategiyasi, erishilgan natijalar va istiqbollar muhokama qilindi. 🤝 Bu tashrif nafaqat bizning dasturimiz, balki butun O‘zbekiston taʼlim sohasiga e’tiborning oshayotgani va ishonchli hamkorlik aloqalarining mustahkamlanayotganidan dalolatdir. #Tashrif#TeachForUzbekistan#TeachForAll#WendyKopp#EdnaNovak#ShoaibAlam