@ecoschools_uzbekistan · Post #742 · 06/05/2023, 01:21 PM
💚 Barchaga salom! 5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni. Nima deb o‘ylaysiz, bu kunning biz uchun ahamiyati nimada? Bu haqda ko‘plab chiroyli va to‘g‘ri so‘zlarni aytish mumkin. Lekin bir misol orqali tushuntirishga urinib ko‘ramiz. 🐝 Asalarilar qirilib ketayotgani haqidagi yangiliklarga bir marta bo‘lsa ham ko‘zingiz tushgandir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2035 yilga qadar ular butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Nima qilibdi, dersiz? FAO ma’lumotlariga ko‘ra, insoniyat yetishtirayotgan o‘simliklarning 85 foizi va yovvoyi o‘simliklarning 90 foizi changlatishga muhtoj. Changlatish bo‘lmasa, mo‘l hosil olib bo‘lmaydi, chorvachilikka zarar yetadi, g‘o‘za yetishtirish hajmi kamayadi. 🌏 Bir-birimizga chambarchas bog‘liqmiz! Tuprog‘imiz hosildor, osmonimiz musaffo, suvimiz zilol bo‘lsin! __ 💚Доброго дня всем! 5 июня – Всемирный день окружающей среды. Как вы думаете: почему это важно для нас? Можно сказать много красивых и правильных слов. Но мы попробуем на примере. 🐝 Вы наверняка хоть раз слышали, что пчёлы вымирают. По данным ООН к 2035 году их может не стать. И что с этого? По данным ФАО в опылении нуждается около 85% растений, выращиваемых человеком, и до 90% диких. Без опыления не получить хорошего урожая, пострадает животноводство, уменьшится объем производства хлопка. 🌏 Нам нельзя друг без друга! Плодородной почвы, чистого неба и воды! #WorldEnvironmentDay Zamin| Facebook|Instagram
Hashtags