Post content
#tanlov “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” milliy tadqiqot ishlari tanloviga hujjatlar topshirish muddati tugashiga 4 oy qoldi! Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalvriat va magistratura bosqichlarini tamomlayotgan talabalar o‘rtasida ikkinchi marta “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashuvchi nomzod oliy ta’lim tashkilotlaridan birining bakalavriat yoki magistratura bosqichining bitiruvchi talabasi bo‘lish kerak. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich: Tanlov komissiyasi 1-bosqichda taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab oladi. 2-bosqich: Tanlovning 2-bosqichida ushbu bosqichga tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi. Bu yil tanlov doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun alohida 3 tadan o‘rin belgilangan. Mukofotlar quyidagicha: 🥇1-o‘rin – Noutbuk 🥈2-o‘rin – Planshet 🥉3-o‘rin – Elektron kitob o‘qish qurilmasi Batafsil: ↗️https://socialpolicylab.uz/news/41 Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram