TGINSIGHT CHAT
Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University
@alxorazmiyuni
EducationThe official Telegram channel of Al-Khwarizmi University. A state university of international level in Khorezm. Admissions are now open: admission.akhu.uz +998 (62) 227-71-71 Qabul ochiq : admission.akhu.uz
Recent posts
Page 1 of 17 · 204 posts
Posted Apr 19
Biznesingizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormisiz? Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilganidan buyon siz uchun manfaatli uchrashuvlar va amaliy treninglarni yo‘lga qo‘yib kelmoqda. Endi esa kichik biznes egalari va yirik tadbirkorlar uchun navbatdagi foydali imkoniyatni taqdim etamiz! 🗓 25-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetida Expert HUB hamkorligida “Kaizen” amaliy treningi bo‘lib o‘tadi. 🎤 Trener: Abdulaziz Muhammedov Treningda siz: — Kaizen falsafasi va uni biznesda qo‘llashni; — Yashirin yo‘qotishlarni aniqlash usullarini; — Natijadorlikni oshiruvchi instrumentlarni o‘rganasiz. Eng asosiysi — trening BEPUL! 🚛 Joylar soni cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting. RO'YXATDAN O'TISH ➡️@akhu_kaizen yoki 📞 +998 (62) 227-71-71 🌐 English 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 17
AKHU STEM olimpiadasining 2-hududiy bosqichi bilim va raqobat maydoniga aylandi. ⚡️ Hududlarning eng iqtidorli yoshları bir maydonda jam bo‘lib, o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Har bir ishtirokchi o‘z oldiga katta maqsad qo‘yib, g‘alaba sari intildi. Olimpiadaning yorqin onlarini videolavhada jamladik. 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 17
AKHU STEM olimpiadasining 2-hududiy bosqichi start oldi 🇺🇿 Bugun mamlakatimiz bo‘ylab intellekt va bilim maydoni yana bir bor qizg‘in bahslarga to‘ldi! 🤔 Respublikamizning barcha hududlarida AKHU STEM olimpiadasining 2-bosqichi bir vaqtning o‘zida, sinxron tarzda boshlandi. ⚡️ Iqtidorli yoshlar matematika, fizika, dasturlash hamda kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida o‘z salohiyati, bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazmoqda. 🗄 Bu bosqich — final sari muhim qadam. G‘oliblarni esa 2 milliard so‘mlik yutuq jamg‘armasi, grantlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda Al-Xorazmiy universiteti ga imtiyozli o‘qishga kirish imkoniyatlari kutmoqda. ✅Barcha qatnashchilarga omad, ishonch va yuqori natijalar tilaymiz!
Posted Apr 16
♾AKHU Fulbright Akademik Dasturi doirasida bir oylik kurslarda ishtirok eting 👨🏫 Mentor: Prof. Bill Huang ⏺Dotsent, University of Central Florida (AQSH); ⏺ Statistika va Kompyuter fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega; ⏺ Ilmiy maqola yozish va nashr qilish bo‘yicha 40 dan ortiq xalqaro workshoplar olib borgan; 📆 23-apreldan 22-maygacha Dastur doirasida ikki yo‘nalish bo‘yicha parallel kurslar tashkil etiladi: 1. Computer Science – OOP, design patterns, testing, concurrency bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. 2. Research Workshops – akademik yozuv, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va Q1 jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha seminarlar. KURSLAR JADVALI ⬅️ ❗️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. RO'YXATDAN O‘TISH ⬅️ ⏳ So‘nggi muddat: 23-aprelgacha Qo'shimcha savollar uchun ➡️@akhuregistrar ✅ Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi. 🌐 English
Posted Apr 16
AKHU STEM OLIMPIADASI – 2-BOSQICH (ERTAGA 17-APREL) AKHU STEM olimpiadasining ikkinchi bosqichi endi offline tarzda o‘tkaziladi. Belgilangan manzilga borib o‘zingiz ishtirok etasiz. Ushbu bosqich quyidagi hududlarda tashkil etiladi: • Viloyatlar markazlarida • Toshkent shahrida • Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazida MANZILLAR RO‘YXATI ⬅️ ⏰ Barcha hududlarda boshlanish vaqti: 14:00 ❗️O‘z hududingiz manzilini tekshirib, o‘z vaqtida yetib borishingizni so‘raymiz! ⏺Ishtirokchi o‘zi bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (ID-karta yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma) aslini olib kelishi talab etiladi. 🌐 English Biz ijtimoiy tarmoqlarda: | Website | Instagram | Facebook | Telegram |
Posted Apr 15
AKHU STEM olimpiadasi 1-bosqich (onlayn) natijalari bilan tanishing Yuzlab ishtirokchilar, kuchli raqobat va haqiqiy bilim sinovi AKHU STEM olimpiadasining onlayn bosqichi o‘z yakuniga yetdi! Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘l oldi! 🤔 Hududingiz bo‘yicha natijalarni quyidagi havolalar orqali ko‘ring: • Toshkent shahri • Toshkent viloyati • Andijon viloyati • Farg‘ona viloyati • Namangan viloyati • Samarqand viloyati • Buxoro viloyati • Navoiy viloyati • Qashqadaryo viloyati • Surxondaryo viloyati • Jizzax viloyati • Sirdaryo viloyati • Xorazm viloyati • Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📢 2-bosqich — endi oflayn shaklda viloyat markazlarida 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi! Batafsil ma’lumotlar yaqin soatlarda e’lon qilinadi. ⚡️ G‘olib bo‘lgan barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!
Posted Apr 15
Xalqaro ilmiy konferensiyada Al-Xorazmiy universiteti vakillari ishtirok etmoqda Bugun Urganch davlat universitetida Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Xorijiy tillarni o‘qitishda integrativ yondashuv: innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. 🔺 Mazkur nufuzli anjumanda Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Sloveniya, Malayziya va Indoneziya kabi davlatlardan 20 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok etmoqda. 🚛 E’tiborlisi, ushbu konferensiyada Al-Xorazmiy universiteti faxriy prezidenti Islam ElHadary hamda universitetimizning “Academic and Communication Skills” fani ma’ruzachisi Risolat Iskandarova faol qatnashmoqda. Anjuman doirasida xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, integrativ yondashuvning nazariy va amaliy jihatlari, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda innovatsion pedagogik yondashuvlar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etilmoqda. ✅ Ushbu ishtirok Al-Xorazmiy universitetining xalqaro ilmiy maydondagi faolligi va ta’lim sifatini rivojlantirishga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyon etadi. 🌐 English 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 14
AKHU STEM olimpiadasining 1-bosqichi onlayn tarzda muvaffaqiyatli o‘tkazildi Unda 10–11-sinf maktab hamda akademik litsey va kasb-hunar texnikumlari o‘quvchilari faol ishtirok etdi. 📂 1-bosqich savollari va javoblari bilan tanishing: Matematika (10-sinf) 🔗[faylni ochish] Matematika (11-sinf) 🔗[faylni ochish] Fizika (10-sinf) 🔗[faylni ochish] Fizika (11-sinf) 🔗[faylni ochish] Dasturlash (10-sinf) 🔗[faylni ochish] Dasturlash (11-sinf) 🔗 [faylni ochish] Kiberxavfsizlik (10-11 sinf) 🔗[faylni ochish] ✅ Ushbu savollar orqali o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va keyingi bosqichlarga tayyorlaning! AKHU bilan kelajakni bugundan boshlang! 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 14
📣 📣 📣 📣 📣 Dasturiy ta’minot muhandisligini Al-Xorazmiy universitetida o‘rganing! Darslar ingliz tilida o'tiladi. Hujjat topshirish uchun ⬅️ 💻 Zamonaviy texnologiyalar davrida dasturchilar IT sohasi, sun’iy intellekt, mobil ilovalar, veb dasturlash, kiberxavfsizlik va ko‘plab sohalarda muhim rol o‘ynaydi. ✅Al-Xorazmiy universitetida siz dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin! 📞 Murojaat uchun: +998(62) 227-71-71 🌐 English 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 14
❗️MAQOLA TAQDIM QILDINGIZMI? 🌟 Al-Xorazmiy universitetida International Fibonacci Olympiad Global Group Education Trade tashkiloti bilan hamkorlikda “Muhandislik, texnologiya va matematika – ITECX 2026” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. 🌟 2026-yil 1–2-may kunlari. 🚛 Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun ilmiy maqolalaringizni 15-aprel sanasiga qadar 📩 [email protected] elektron pochta manziliga yuborishingiz so‘raladi. Maqolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: • Ta’limda sun’iy intellekt • STEM va fanlararo ta’lim • Sanoat sohalarida sun’iy intellektning qo‘llanilishi Axborot xati bilan tanishish ⬅️ ✨ Sizni ITECX 2026 xalqaro konferensiyasida kutib qolamiz! 🌐English
Posted Apr 14
Aprel oyi — “Amir Temur oyligi” 🔺 Mazkur oylik doirasida universitetimiz hayoti yanada jonlanib, talabalar uchun unutilmas taassurotlar va ilhomga boy lahzalar bilan o'tmoqda. Har bir tadbir yoshlarning faolligi, intilishi va ichki salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qildi. Bellashuvlar nafaqat g‘oliblarni aniqladi, balki haqiqiy jamoaviylik, matonat va sport ruhini namoyon etdi. Har bir uchrashuv — bu iroda, harakat va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ifodasi bo‘ldi. ✨ Ushbu oylik davomida tashkil etilgan barcha tadbirlar talabalar hayotiga yangi energiya olib kirib, do‘stlik rishtalarini mustahkamladi hamda faol va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi. 🌐 English 🎓 Qabul davom etmoqda! “Al-Xorazmiy” universiteti talabasi bo‘ling.
Posted Apr 13
♾AKHU STEM OLIMPIADASI BOSHLANDI! Bugun olimpiadaning birinchi bosqichi start oldi. 🗄 1-bosqich testlari onlayn tarzda o‘tkaziladi. Vaqti: 18:00 dan 22:00 gacha Platforma:edux.center ✅ Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar shu vaqt oralig‘ida tizimga kirib, testlarni yechishlari mumkin. 🔐Muhim eslatma: edux.center platformasidan ro‘yxatdan o‘tganingizda login va parolingiz sizga @eduxolimpbot orqali yuborilgan. ❗️Agar ro‘yxatdan o‘tishda ishlatgan Telegram akkauntingizni yoki botni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz: @alxorazmiyunibot ga quyidagi ma’lumotlarni yuboring: — F.I.Sh (to‘liq ism-sharif) — Ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingiz ⚠️ Belgilangan vaqtni o‘tkazib yubormang! Omad tilaymiz! 🌐 English