TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi

@andeko

Education

Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi https://t.me/AndEko Taklif va shikoyatlar uchun (eko nazorat tizimi) https://t.me/and_eko_bot

Subscribers664Current channel subscribers
Tracked posts1,001Indexed post count
Recent reach5,290Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 84 · 1,001 posts

Posted Apr 18

“Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi tashkil etildi. Mazkur aksiya doirasida ekologlar tomonidan plogging (yurish jarayonida atrof-muhitni tozalash) tashabbusi ham amalga oshirilib, jismoniy faollik bilan bir qatorda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o‘tish barobarida hududni chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar. Ushbu tashabbus sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni asrash hamda jamoatchilik orasida ekologik ongni yuksaltirishga xizmat qildi.

246 views

Posted Apr 18

Tadbir doirasida xodimlar o‘rtasida voleybol va futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilarning jismoniy faolligini oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

391 views

Posted Apr 18

“Shanba — ekologlar sport kuni!” Sport sog‘lom tana va mustahkam irodaning asosi bo‘lsa, ekologiya sog‘lom va barqaror hayot muhitini ta’minlaydi. Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Bobur shahridagi 1-son umumta’lim maktabi sport majmuasida boshqarma xodimlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida ishtirokchilar bilan badantarbiya mashqlari o‘tkazilib, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

364 views

Posted Apr 17

Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi yoshlarining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, xodimlar o‘rtasida halollik, poklik va yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida yoshlar hamda daxldor xodimlar ishtirokida “Oyna” spektakli tomosha qilindi. Spektakl orqali halollik, vijdon, mas’uliyat va insoniy qadriyatlarning ahamiyati yoritilib, ishtirokchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi. Mazkur tadbir xodimlar orasida halollik tamoyillarini keng targ‘ib etish, ularning ma’naviy-axloqiy salohiyatini oshirish hamda jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

201 views

Posted Apr 16

“Yoshlar kuni” munosabati bilan bitiruvchi talabalar uchun amaliy “Workshop” uchrashuvi tashkil etildi. Andijon davlat texnika institutida bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Workshop” uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir Mexanika va kimyo muhandisligi fakultetida “Texnologik mashinalar va mehnat muhofazasi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Andijon viloyati hokimi maslahatchisi B. Ashurov, soha mutaxassislari, jumladan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi vakillari hamda yirik sanoat korxonalari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ekologik talablar yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlarni kelajak kasbiga puxta tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

197 views

Posted Apr 16

#Andijon_yoshlar_day “Andijon yoshlar kuni” doirasida Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘ining ish rejasiga muvofiq, Paxtaobod tumanidagi boshqarma boshlig‘iga biriktirilgan Andijon va Ahillik MFYlarida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbirda Andijon va Ahillik MFY yoshlari faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va jismoniy tayyorgarliklarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. Tadbir davomida yoshlar nafaqat jismonan chiniqdilar, balki jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini ham mustahkamlashga erishdilar. Tadbir yakunida boshqarma tomonidan g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

210 views

Posted Apr 16

Bo‘lajak ekologlar bilan uchrashuv Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Nazarov tomonidan Andijon qishloq xo‘jaligi institutida ekologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ekologiya va iqlim o‘zgarishi mavzusida mazmunli suhbat olib borildi. Shuningdek, talabalar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

247 views

Posted Apr 15

🦊 Tulkicha xavfsiz tarzda qutqarildi Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashash xonadoniga kirib qolgan tulki bolasi fuqaro tomonidan vaqtincha uyda saqlab turilib, holat yuzasidan ekologiya xodimlariga xabar berildi. Voqea joyiga yetib borgan viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Jalaquduq tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tulkicha ko‘zdan kechirildi va barcha zarur choralar ko‘rildi. Shundan so‘ng, u o‘zining tabiiy yashash muhitiga qo‘yib yuborildi. 🌿 Yovvoyi hayvonlarga befarq bo‘lmay, mas’uliyat bilan yondashgan fuqaroning bu harakati tahsinga loyiq. Tabiatni birgalikda asraylik! #Ekologiya#YovvoyiTabiat#Andijon#TabiatniAsraylik

1,400 views

Posted Apr 15

🚨 Qonun buzilishiga qarshi choralar ko‘rildi Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Bo‘ston tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan hududlarda ekologik nazorat ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, Bo‘ston tumani Pillakor MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan maishiy chiqindilar belgilanmagan joyga tashlanganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan 3 barobar miqdorda jarima qo‘llanildi. ♻️ Atrof-muhitni asrash har birimizning burchimiz! Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash orqali tabiatni asraylik.

256 views

Posted Apr 14

TABIATGA BEFARQ BO‘LMANG! Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Bobur shahrining adirlik hududlarida ekologik targ‘ibot va amaliy ishlar olib borildi. Hududlarni obodonlashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi. Unda Andijon qishloq xo‘jalik instituti ko‘ngilli yoshlari va boshqarma xodimlari faol ishtirok etib, hududlardagi chiqindilarni yig‘ish orqali tabiatni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Dam oluvchilarga piknik madaniyati bo‘yicha tushunchalar berilib, ularga qo‘lqop va chiqindi paketlari tarqatildi, shuningdek, maxsus konteynerlar o‘rnatildi. Unutmang: tabiat — omonat. Uni asrash barchamizning burchimiz! Bunday tartibbuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. Toza dam oling. Toza qoldiring. 🌿

1,070 views

Posted Apr 14

🌿 "Toza havo" oyligiga start berildi. Andijon viloyatida 10-apreldan 10-mayga qadar o‘tkazilayotgan "Toza havo" oyligi doirasida keng ko‘lamli ekologik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus yurtimizda atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik nazoratni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 🚗 Xususan, viloyatda IIB YHX bo‘linmalari bilan hamkorlikda avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida ularning atmosfera havosiga chiqarayotgan zararli moddalari miqdori aniqlanmoqda. ♻️ Shu bilan birga, “Ekologik transport” tizimi ham joriy etilib, transport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tizimga ko‘ra: 🔹 Avtotransport vositalari ekologik sinflar (Yevro) asosida baholanadi 🔹 “Toza”, “o‘rta” va “zararli” toifalarga ajratiladi 🔹 Har bir toifaga mos ravishda yashil, sariq va qizil rangdagi eko-stikerlar beriladi 🌱 Bu tizim orqali nafaqat nazorat kuchayadi, balki har bir haydovchining ekologik mas’uliyati ham oshadi.

498 views

Posted Apr 14

📢 “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamkorligida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Respublika “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning viloyat bosqichi Andijon shahridagi 4-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilib, quyi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 32 nafar iqtidorli tarbiyalanuvchilar o‘zaro bellashdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🏆 Qizlar orasida — Andijon shahar 64-DMTT tarbiyalanuvchisi Jasmina Mirzamatova 🏆 O‘g‘il bolalar orasida — Izboskan tuman 22-DMTT tarbiyalanuvchisi Ibratbek Murodiljonov ular tanlovning mutlaq g‘oliblari deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. 👏 Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

210 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
PreviousPage 1 of 84Next