TGINSIGHT CHAT
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
@AndEko
EducationAndijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi https://t.me/AndEko Taklif va shikoyatlar uchun (eko nazorat tizimi) https://t.me/and_eko_bot
Recent posts
Page 1 of 84 · 1,008 posts
Posted 19 days ago
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Andijon va Xo‘jaobod tumanlarida “Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarimizga xiyonatdir” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi. Davra suhbati avvalida Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘ining boshqarma jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining 2026-yil 12-maydagi 198-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning barcha ilovalari, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari batafsil tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, tumanlarning “No‘xatak” va “Xidirsha” MFY faollari bilan “Ekologik madaniyat - mahalladan boshlanadi” mavzusida aholining ekologiya sohasida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Hashtags
Posted 19 days ago
🔔“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami 😇 📌Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida hayajonli va unutilmas onlar — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami keng nishonlanmoqda. Bitiruvchi yoshlar maktabdagi eng qadrli onlar bilan xayrlashib, mustaqil hayot sari ilk qadamlarini tashlamoqdalar.🎓 Joriy yilning 25-may kuni Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i A.Nazarov Izboskan tumanidagi 37-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchi yoshlarga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan muvaffaqiyat, omad va zafarlar tilanib, “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida badiiy adabiyotlar hamda ekologiya sohasiga oid qiziqarli ilmiy asarlar to‘plamlari esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi. 📚 Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ekologik bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 📚 🍀Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 19 days ago
🚴♂️#Avtomobilsiz_kun Qonunchilikka muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tashabbus ekologik barqarorlikni ta’minlash, atmosfera havosini musaffo saqlash hamda aholida ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.♻️ Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi jamoasi ham ushbu aksiya doirasida faol ishtirok etdi. Boshqarma boshlig‘i boshchiligida xodimlar: piyoda yurish, 🚴 velosipeddan foydalanish, 🚌 jamoat transportida harakatlanish orqali “Mashinangizni uyda qoldiring!”, “Piyoda bo‘ling — toza havodan nafas oling!” shiorlari ostida ekologik tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar. Mazkur aksiya orqali atrof-muhitni asrash, havoga chiqarilayotgan zararli gazlarni kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi. 🌿 🍀Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 19 days ago
🎓“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan tabrik Hurmatli bitiruvchilar! Sizlarni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Bugun sizlar uchun unutilmas va hayajonli kun. Maktab ostonasida olgan bilim, tarbiya va ustozlar bergan saboqlar kelgusi hayot yo‘lingizda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Ishonamanki, sizlar yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan, bilimli, fidoyi, tabiatga mehrli va vatanparvar yoshlar bo‘lib kamol topasiz. Aziz bitiruvchilar, oldingizda turgan sinov va marralarni mardona yengib, ezgu orzu-maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashingizni tilayman. Kelajakda ota-onangiz, ustozlaringiz va Vatanimiz faxriga aylanishingizga ishonaman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, omad, baxt va ulkan zafarlar tilayman. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, 🍀Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i Alisher Nazarov
Posted 20 days ago
🚌Ertaga, 25-may kuni respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 46-son Farmoniga ko‘ra, 2026-yilning 1-may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan. https://gov.uz/oz/eco/news/view/169304 🚌Завтра, 25 мая, во всех регионах республики пройдет акция «День без автомобиля» Согласно Указу Президента Республики Узбекистан №46 от 25 марта 2026 года «О мерах по реализации общенационального проекта «Чистый воздух», направленного на улучшение качества атмосферного воздуха», начиная с 1 мая 2026 года ежемесячно 10 и 25 числа будут проводиться акции «День без автомобиля» и «Неделя без автомобиля». https://gov.uz/ru/eco/news/view/169304 📱Instagram| 📱Telegram|📱Facebook| X| 📱Linkedin
Posted 20 days ago
ANDIJON AXBOROTI | SUVDAN OQILONA FOYDALANISH MAVZUSIDA FORUM 23.05.2026
Posted 20 days ago
💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda Izboskan tumani Daminboy Chek MFY, Shifokorlar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar oldida chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat nazoratga olindi. Murojaat yuzasidan hududda o‘rganish va tozalash ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida to‘plangan chiqindilar maishiy chiqindi emas, balki qurilish chiqindilari (stroymusor) ekani aniqlandi. Ma’lum qilamizki, qurilish chiqindilari maishiy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus texnikalarda olib ketilmaydi. Bunday chiqindilarni olib chiqish uchun maxsus samosval texnikalari jalb etiladi. Shu munosabat bilan ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolardan maishiy chiqindilar joyiga qurilish chiqindilarini tashlamasliklarini so‘rab qolamiz. Shuningdek, “And Obod” MCHJ xodimlariga hududda to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish bo‘yicha tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 20 days ago
💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahri Mustaqillik MFY Yuksalish ko‘chasi fuqarolari hamda Habibiy MFY hududidagi Shermat ota qabristoni oldi noqonuniy chiqindilar tashlanib, hududning ayanchli holatga kelib qolgani yuzasidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olindi. Murojaatlar yuzasidan hududlarda o‘rganish va tozalash ishlari tashkil etildi. Jumladan, Yangi bozor hududida tozalash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Buston hamda Sadoqat MFY qabriston oldi hududlarida ham tozalash ishlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar! Faoliyatingiz jarayonida hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni maxsus texnikalarga yoki belgilangan chiqindi yig‘ish maydonchalariga tashlashingizni so‘rab qolamiz. Atrof-muhit tozaligi va ekologik osoyishtalikni saqlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 20 days ago
💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa tumani Yangi Hayot MFY, O‘yingoh ko‘chasi, istirohat bog‘i orqa qismidagi ko‘p qavatli uylar hududida chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, natijada noxush hid taralayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Mazkur holat yuzasidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, mazkur hududga biriktirilgan maxsus texnika haydovchisining salomatligi bilan bog‘liq holat sabab chiqindilarni olib chiqish ishlari vaqtincha kechikkan. Shundan so‘ng mutasaddi tashkilot — “Qorasuv Eco Tech” MCHJga tezkorlik bilan tegishli ko‘rsatmalar berilib, mavjud holat bartaraf etildi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 20 days ago
💬Rasmiy munosabat! Ijtimoiy tarmoqlarda Jalaquduq tumani Oyim shaharchasi hududida faoliyat yurituvchi 2 nafar tadbirkorning tosh maydalash (drabilka) sexlari tomonidan qayta ishlash uchun shag‘al mahsulotlari Qoradaryodan olinayotgani, natijada sholi maydonlari kovlanib, suv yo‘nalishi o‘zgargani hamda ekin maydonlariga zarar yetkazilayotgani yuzasidan yo‘llangan murojaat Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Mazkur holat yuzasidan hududda dastlabki o‘rganish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-184-son Farmoni talablariga muvofiq belgilangan tartibda tekshirish o‘tkazish uchun buyurtma kiritildi. Hozirda vakolatli organlar tomonidan tegishli tartibda tekshirish ishlarini amalga oshirish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Belgilangan tartibda ruxsat olingandan so‘ng mazkur tashkilotlarda qonunchilik talablariga muvofiq tekshirish ishlari olib boriladi. Aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 21 days ago
🟦🟦🟦 “Sport kuni” doirasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida xodimlar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar qizg‘in bahslarda o‘z mahoratlarini namoyon etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdilar. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Posted 21 days ago
🟦🟦🟦 “Sport kuni” doirasida badan tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan “Sport kuni” doirasida badan tarbiya mashg‘ulotlari hamda turnik va brus bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlar jismoniy chiniqish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, turnik va brus mashqlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi. Sport tadbiri xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom muhitni shakllantirish hamda yuqori kayfiyat ulashishga xizmat qildi. Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook