TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

@attestatsiya

Education

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi masalalari 🌐https://oak.uz Yuridik manzili: 100047, Toshkent shahri, akademik Yahyo G'ulomov ko'chasi, 70 Ishonch telefoni: (95) 193-11-43 📧 [email protected] 📲facebook.com/oakuzbekistan/

Subscribers4,380Current channel subscribers
Tracked posts1,019Indexed post count
Recent reach5,590Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 85 · 1,019 posts

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkaziladi. Endilikda: ☑️Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organ hisoblanadi; ☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlaydi; ☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasiga faqat tashkiliy-boshqaruv jihatidan boʻysunadi, oʻziga yuklangan vazifalarni kollegiallik asosida Fanlar akademiyasidan toʻliq mustaqil holda amalga oshiradi; ☑️Oliy attestatsiya komissiyasining tuzilmasi Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi; ☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga belgilangan tartibda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda: ➡️Oliy attestatsiya komissiyasi raisi 5 yil muddatga tayinlanadi; ➡️ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq raislik lavozimiga tayinlanishi mumkin emas; ☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, bunda har 2 yilda Rayosat aʼzolarining uchdan bir qismi va 6 yilda Rayosat tarkibi toʻliq yangilanadi, Rayosatga rahbarlik qiluvchi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bundan mustasno; ☑️Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi; ☑️Oliy attestatsiya komissiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga tenglashtiriladi. 📱2026-yil 1-avgustga qadar barcha dissertatsiya himoyasi jarayonlari, jumladan, ilmiy ish va avtoreferatni taqdim etish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish, himoya jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy ishni baholash jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishi taʼminlanadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

305 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari ⭐️Tadqiqot jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish tartibi oʻrnatiladi. Unga koʻra: ☑️oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda ilmiy darajali kadrlarni sanoat hamkorlari bilan birgalikda tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturi amalga oshiriladi, bunda: ➡️dissertatsiya mavzusi sanoat hamkorining talabidan kelib chiqib belgilanadi hamda doktorantga tadqiqot mavzusiga mos boʻlgan ilmiy va amaliy rahbarlarbiriktiriladi; ➡️“Amaliy doktorantura (PhD)” dasturiga izlanuvchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan unga ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tayanch doktorantura qabul kvotasini mustaqil qayta yoʻnaltirish orqali qabul qilinadi; ➡️doktoranturaga kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi sanoat hamkori bilan kelishilgan holda oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan belgilanadi; ➡️tadqiqot loyihasi sanoat hamkori bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi. Bunda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotning majburiyatlari Davlat byudjetidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi; ☑️yuqori barqarorlik reytingiga egatadbirkorlik subyektlarining foyda soligʻi bazasi ularning ilmiy loyihalarni sanoat hamkori sifatida moliyalashtirishga sarflagan mablagʻlarini 150 foiz miqdorda chegirgan holda aniqlanadi; ☑️ ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida yaratilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foyda ushbu realizatsiya boshlangan kundan boshlab uch yil davomida foyda soligʻidan ozodetiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

248 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladi. Bunda: ☑️ ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan dissertatsiyalar tanlov asosida mustaqil, jumladan xorijiy mutaxassislarning ekspertizasidan oʻtkazilib, reyting natijalarida aks ettiriladi; ☑️reyting Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yagona avtomatlashtirilgan elektron axborot portalida reyting mezonlari va baholash natijalarini aks ettirgan holda internet tarmogʻi orqali barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq holda yuritiladi; ☑️reyting natijalariga koʻra samaradorligi past boʻlgan ilmiy kengashlarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi choralar qoʻllanadi: ➡️ ilmiy kengashning raisi va kotibini muayyan muddatga ilmiy kengashlar faoliyatidan chetlashtirish; ➡️ ilmiy kengash faoliyatini tugatish; ➡️ oliy taʼlim va ilmiy tashkilotda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash tashkil etishni muayyan muddatga cheklash; ☑️ Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish vakolati beriladi. 📱Ilmiy kengashlar dissertatsiyalar ekspertizasining xolis va sifatli oʻtkazilishi, ilmiy ishlarda koʻchirmachilikni aniqlash hamda qabul qilgan qarorlarining asosliligiga masʼul etib belgilanadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

214 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari Farmonga muvofiq ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan boshlabquyidagi tartiblar bekor qilinadi: ➡️chet tili fanidanmalakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno; ➡️Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdanoʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisidaeʼlon berish; ➡️dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish; ➡️ ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish; ➡️dissertatsiya avtoreferatini chop etish; ➡️dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligitoʻgʻrisida xulosa olish; ➡️ Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish; ➡️himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash; ➡️ taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi. 📱2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

209 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari Farmonga koʻra, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashda loyihaviy yondashuv joriy etiladi: ☑️Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi yoʻlga qoʻyiladi. ☑️Dastur doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirishningquyidagi tartibi oʻrnatiladi: ➡️Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklarboʻyichamuddatiuch yildan koʻp boʻlmagan tadqiqot loyihalari uchun har yili bir marta tanlov eʼlon qilinadi; ➡️ tadqiqot loyihasida ishtirok etuvchi doktorant loyiha rahbari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi hamda loyiha rahbari bir vaqtning oʻzida doktorantningilmiy rahbari hisoblanadi; ➡️ doktorant tadqiqot loyihasi bajarilayotgan tashkilotning izlanuvchisi hisoblanadi va unga tayanch doktorantura uchun belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi; ➡️tadqiqot loyihasi davrida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan tadqiqotchi loyihasining ilmiy hisoboti ekspertizadan oʻtkazilmaydi; ➡️ Dastur ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; ➡️ Dastur doirasida tayyorlanadigan doktorantlar soni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktoranturaga har yili ajratiladigan qabul kvotasini shakllantirishda hisobga olinmaydi. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

211 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari Farmonga koʻra: ☑️2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashda:  ➡️doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvoryoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi; ➡️differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlargabazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdoridaoshirilgan stipendiya toʻlanadi; ➡️ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltiriladi; ➡️tayanch doktorantura bosqichining birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi. ☑️Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiasosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi. ☑️Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmogʻida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi. ☑️Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgorni mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi. ☑️2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) uchun oylik toʻlov oʻrniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va oʻz vaqtida himoya qilgan doktorant uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda: ➡️Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan kam boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 40 baravarigacha miqdorida; ➡️Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan yuqori boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida toʻlanadi. Bizni kuzatin Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

205 views

Posted 16 days ago

#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi: ☑️ raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish; ☑️ atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari; ☑️ agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya, gen texnologiyalari; ☑️ tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish; ☑️ suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish; ☑️ yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari, shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar; ☑️ seysmik xavfsizlikni taʼminlash. Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram

243 views

Posted 16 days ago

O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

307 views

Posted 17 days ago

Prezident Shavkat Mirziyoyev suv fondi yerlari hamda sel suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам повышения эффективности использования земель водного фонда и селевых вод. #Mirziyoyev#yigilish#suv#sel Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

774 views

Posted 17 days ago

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки научных кадров и повышению эффективности научной деятельности. #Mirziyoyev#taqdimot#ilmfan#kadrlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

513 views

Posted 18 days ago

Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga tabrik — Поздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

681 views

Posted 22 days ago

OGOHLANTIRISH! Tarqatilayotgan soxta (feyk) ma’lumotlar to‘g‘risida So‘nggi vaqtlarda OAK raisi nomi bilan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va telefon qo‘ng‘iroqlari orqali turli soxta (feyk) xabarlar yuborilishi holatlari kuzatilmoqda. OAK rahbariyati tomonidan ijtimoiy tarmoqlar va telefon orqali hech qanday murojaatlar berilmagan. Rasmiy ma’lumotlar faqat OAK rasmiy veb-sayti, ishonch telefoni, telegram kanali va rasmiy xatlar orqali yetkaziladi. Hushyorlik va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz. Shu munosabat bilan Sizdan noma’lum raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroq va xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish; shaxsiy ma’lumotlar, parollar, bank rekvizitlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik yuzasidan ogoh bo‘lish so‘raladi. Ma’lumot uchun: bunday holatlarning oldini olish yuzasidan Ichki ishlar organlariga rasmiy murojaat qilindi.

1,680 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreviousPage 1 of 85Next