TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Vashington kundaligi avatar

TGINSIGHT CHAT

Vashington kundaligi

@bmamadiev

Politics

Subscribers3,970Current channel subscribers
Tracked posts1,010Indexed post count
Recent reach42,770Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 85 · 1,010 posts

Posted Apr 17

Hamkasblarning ish qurollari. Jamoamizdagi eng kuchli dasturchi eng oddiy klaviatura ishlatar ekan. 🙂 @bmamadiev

991 views

Posted Apr 12

Islomobodda AQSh va Eron delegatsiyasi tinchlik bo’yicha kelishuvga erisha olmadi. Vitse-prezident J.D. Vens boshchiligidagi AQSh muzokarachilari Vashingtonga quruq qo’l bilan qaytdi. Endi nima bo’lishi noma’lum. Prezident Donald Tramp yana dag’dag’alarini boshlamoqda. @bmamadiev

2,130 views

Posted Apr 8

📢Applications for the 2027‑28 Fulbright Foreign Student Program are now open! Earn a Master’s degree in the U.S. with full funding covering tuition, monthly stipend, health insurance, and airfare. Expand your academic knowledge, gain professional experience, and connect with a global network of peers and experts. 🌎🎓 💡Who can apply: Graduate students and young professionals from Uzbekistan ready to make a positive impact in their communities and beyond. 📅Deadline: May 31, 2026 Learn more and apply here: 👉Learn more:https://uz.usembassy.gov/fulbright-foreign-student-program/ @bmamadiev

3,650 views

Posted Apr 8

AQSh va Eron urushni ikki haftaga to’xtatish haqida sulhga erishdi. Tramp bayonotiga ko’ra, u urushni butunlay to’xtatish niyatida. Ikki hafta ichida yakuniy tinchlik bitimiga erishamiz, demoqda u. Tramp avvalroq ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, agar Tehron sulhga rozi bo’lmasa, Eron sivilizatsiyasini yo’q qilishi haqida aljirab, so’kinib, bir nechta post qo’ygan edi. @bmamadiev

2,590 views

Posted Mar 31

🇺🇿⚽ Navro’z kubogi – Chikago 2026 6-an’anaviy shtatlararo Navro’z kubogi futbol turniri bu safar Chikagoda bo’lib o’tadi! 4–5 aprel (shanba va yakshanba) kunlari barchangizni Canlan Sport majmuasida kutamiz. 📍Manzil: 28156 W Northpointe Pkwy, Lake Barrington, IL 60010 Turnirda AQShning turli shtatlaridan kelgan 12 ta o’zbek jamoasi bellashadi. Faxriy mehmonlar, kuboklar, sumalak, bayram palovi va bolalar dasturlari bilan to’liq Navro’z bayrami sizni kutmoqda! Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon:📞 (718) 737-2319 | (708) 415 1743 Tashkilotchilar: UAAC Chicago & Mahalla USA. Maxsus hamkor: Uzbekistan Airways. @bmamadiev

3,340 views

Posted Mar 22

Dunyoning eng qimmat kompaniyasi (NVIDIA) rahbari, sun’iy intellekt inqilobi yetakchilaridan biri Jensen Huangdan maktabni endi bitirayotgan, nima kasb tanlash haqida o’ylanayotgan yoshlarga nima maslahat berasiz, deb so’rashdi. U matematika, fizika kabi aniq fanlarni o’rganish hanuz muhim bo’lib qolishini aytish bilan birga, “Ingliz tilini o’rganing”, dedi. Buni chet elliklarga emas, amerikalik yoshlarga aytyapti. Bundan buyon hamma narsani sun’iy intellekt boshqaradi. Sun’iy intellekt esa kod emas, oddiy odam tili bilan boshqariladi. U buyruqqa aytilganidek aniq va so’zsiz amal qiladi. Noaniq, mavhum joylarini o’zi tushunganidek yoki o’zi xohlaganicha amalga oshiradi. Shuning uchun prompt (ko’rsatma), specs (talablar), skills (malaka), agents kabi sun’iy intellekt qurollarini yaratishda va ishlatishda matnni aniq, lo’nda va batafsil yozish talab qilinadi. Albatta, sun’iy intellekt uchun maqbul bo’lgan formatda. Buning uchun esa nafaqat nima xohlayotganingizni aniq bilish, balki fikrni, niyatni yozma ravishda to’g’ri bayon qilishni ham yaxshi bilishingiz kerak. Xullas, tilni puxta o’zlashtirgan bo’lishingiz kerak. Men yana aytgan bo’lardim: nafaqat ingliz tilini, balki o’z ona tilingizni ham puxta o’rganing. Chunki sun’iy intellekt bilan o’zbek tilida yoki istalgan boshqa tilda ham ishlash mumkin. @bmamadiev

4,950 views

Posted Mar 18

Barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklab, Bruklinda o’qiladigan hayit namoziga taklif qilamiz. Qachon: 20-Mart, Juma, 2026 yil 1-jamoat soat 07:00 | 2-jamoat soat 07:30 Qayerda: ROYAL HALL Banquet Hall 2896 W 12th St, Brooklyn, NY 11224 📞 +1(718)-737-2319 Hayit namozi O’zbekiston musulmonlari idorasi Raisi o’rinbosari, professor Muhammadolim qori Muhammadsidiqov boshchiligida o’qiladi. O’zingiz bilan joynamoz olib kelishni unutmang. @bmamadiev

3,260 views

Posted Mar 17

Oliy diniy rahnamo Ali Xomanaiy o’limidan keyin Eronni boshqarayotgan asosiy shaxslardan biri sifatida ko’rilayotgan Ali Larijoniyning biografiyasi diqqatimni tortdi. U kompyuter muhandisligi va matematika bo’yicha bakalavr darajasiga ega. Doktorlik ishini…

3,170 views

Posted Mar 11

Tramp Oq uyga qaytgandan beri 1000 dan ortiq o’zbekistonlik AQShdan deport qilinibdi. @bmamadiev

4,340 views

Posted Mar 6

AQShdagi osyoliklar (Asian-Americans) toifasini qayta ko’rib chiqish uchun 2025-yilda AQShda tadqiqot guruhi ish boshladi. Tadqiqiot guruhi nufuzli Chikago universiteti tadqiqotchilari va NORC kompaniyasi tomonidan olib borilmoqda. American Uzbekistan Association (AUA) tashkiloti kelib chiqishi Markaziy Osiyolik bo’lgan AQSh rezidentlarining vakili sifatida tadqiqot guruhining a’zosi hisoblanadi. AUA tashkiloti sizning ham bu jarayonda o’z fikr va takliflaringizni taqdim etishingiz uchun 9-18-mart kunlarida bo’lib o'tadigan onlayn uchrashuvlarga taklif qiladi. Uchrashuvda ishtirok etib o’z fikr va takliflaringizni ilgari surishingzni qattiq tavsiya etamiz. Quyidagi havola orqali registratsiyadan o’tishingiz mumkin: https://forms.office.com/r/5bGhH9SQ0v @bmamadiev

5,810 views

Posted Mar 4

Oliy diniy rahnamo Ali Xomanaiy o’limidan keyin Eronni boshqarayotgan asosiy shaxslardan biri sifatida ko’rilayotgan Ali Larijoniyning biografiyasi diqqatimni tortdi. U kompyuter muhandisligi va matematika bo’yicha bakalavr darajasiga ega. Doktorlik ishini esa G’arb falsafasi bo’yicha yoqlagan ekan. Immanuel Kant haqida, shuningdek, Devid Lyuis, Sol Kripke kabi amerikalik faylasuflar haqida kitoblar chop etgan. Tehron universitetining Adabiyot va gumanitar fanlar maktabida dars ham berishi aytilgan. Qizi Amerikada meditsina bo’yicha tahsil oladi. @bmamadiev

4,520 views

Posted Mar 3

AQSh-Isroil munosabatlarini, aniqrog’i, nega AQSh doim Isroil yo’rig’idan yurishini tushunishni istasangiz, jurnalist Taker Karlson AQSh diplomati Mayk Xakabi bilan yaqinda o’tkazgan suhbatni tomosha qiling. Spoiler: Xakabi - AQShning Isroildagi elchisi. AQSh manfaatlarini himoya qilish uchun jo’natilgan. Suhbatni ko’rsangiz, u Isroil elchisi bo’lsa kerak, deb o’ylaysiz. @bmamadiev

4,019 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreviousPage 1 of 85Next