Recent posts
Tag: #master · 1 posts
Posted Mar 24
#US#Master#FullScholarship AQShda magistratura o'qish uchun to'liq grant Ko'pchiligingizga yaxshi ma'lum bo'lgan "Fulbright" ta'lim granti dasturi 2022-2023-o'quv yili uchun magistratura darajasiga hujjatlar qabulini boshladi. Barcha xarajatlar to'liq qoplanadigan va oylik stipendiya to'lanadigan bu dastur doirasida tibbiyotdan tashqari istalgan soha bo'yicha o'qish mumkin. Bakalavrni tibbiyot yo'nalishida o'qiganlar biologiya, kimyo, jamoatchilik sog'ligi (Public Health), shifoxonalar boshqaruvi kabi sohalarga hujjat topshirishi mumkin. Hujjat topshirish uchun asosiy talablar - O'zbekiston fuqarosi bo'lish va hujjat topshirish hamda qabul jarayonida shu mamlakatda bo'lish; - Bakalavr darajasiga ega bo'lish; - Kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lish. TOEFL yoki IELTS topshirgan bo'lishingiz shart emas, lekin sizni so'nggi bosqichda nomzod sifatida qabul qilishsa, TOEFL topshirishingiz kerak bo'ladi. Test xarajatlari AQSh elchixonasi tomonidan qoplanadi. IELTS qabul qilinmaydi. IELTS topshirganlardan qayta TOEFL topshirish talab qilinadi. Allaqachon magistratura darajasini bitirganlar yoki hozir shu daraja uchun o'qiyotganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Hujjatlar qanday va qayerga topshiriladi? Hujjatlar internet orqali quyidagi manzildan topshirilishi kerak: https://apply.iie.org/ffsp2022 Avvalo, saytda ro'yxatdan o'tasiz va anketa ma'lumotlarini to'ldirib, kerakli hujjatlarni ilova qilasiz. Anketani to'ldirishdan oldin ko'p so'raladigan savollar bilan tanishib chiqishni unutmang. Hujjat to'ldirish bo'yicha batafsil qo'llanma esa shu yerda: Instructions for Completing the 2021-2022 Fulbright Foreign Student Program Application Hujjat topshirish bo'yicha so'nggi kun: 2021-yil 5-iyun Qabul jarayoni Avvalo, hujjat topshirganlar orasida minimum talabga javob beradiganlar saralab olinadi. Shundan so'ng maxsus guruh har bir anketani o'rganib chiqib, arizachilarga ball qo'yadi. Eng yuqori ball olganlar Toshkentdagi AQSh elchixonasiga suhbatga chaqiriladi. Shundan so'ng TOEFTL testi topshiriladi. 2022-yil aprel-iyun oylariga borib g'oliblarga xabar beriladi. Yuqorida berilgan ma'lumotlar bilan tanishib chiqqaningizdan keyin ham sizda qo'shimcha savollar tug'ilsa, ularni [email protected] manziliga jo'nating. Xat sarlavhasiga (Subject line) "2022 Fulbright Foreign Student Program" deb yozing. Bu dastur AQShda to'liq grant asosida o'qish uchun juda yaxshi imkoniyat. Agar shartlarga javob bersangiz, albatta, topshirishingizni tavsiya qilaman. “Fulbright” grant dasturi haqida to’liq ma’lumot: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/fulbright-foreign-student-program/ 👉@siz_uchun_grantlar
Hashtags