TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi avatar

TGINSIGHT POST

Post #910

@columbia_center

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi

Views15,600Post view count
PostedMar 1703/17/2026, 03:29 AM
Post content

Post content

🗣17-mart — Butunjahon ijtimoiy ish kuni 🌎 Har yili mart oyining uchinchi seshanbasida butun dunyoda Butunjahon ijtimoiy ish kuni nishonlanadi. Bu sana jamiyat farovonligini ta’minlash, inson qadr-qimmatini himoya qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida mehnat qilayotgan ijtimoiy ish mutaxassislarining muhim o‘rnini e’tirof etishga bag‘ishlangan. 2026-yil uchun belgilangan shior: “Umid va uyg‘unlikni birgalikda barpo etish: tarqoq jamiyatni birlashtirishga Harambee chaqirig‘i.” Harambee — sharqiy Afrika xalqlari tilidan olingan bo‘lib, “birgalikda harakat qilaylik”, “kuchlarni birlashtiraylik” degan ma’noni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatdagi hamjihatlik, o‘zaro yordam va birdamlik orqali ijtimoiy muammolarni birgalikda hal etish g‘oyasini ifodalaydi. ⏰ Shuningdek, 17-martdan 17-aprelga qadar “Ijtimoiy ish oyligi” o‘tkaziladi. Barchangizni ushbu oy davomida ijtimoiy ishni e'tirof etish, soha vakillarining sharafli mehnatini, ularning jamiyatdagi o‘rnini qadrlash va qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz. 🎉Barcha ijtimoiy ish sohasi vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz. Birgalikda biz yanada mehr-oqibatli va uyg‘un jamiyatni barpo etishimiz mumkin. #Butunjahonijtimoiyishkuni#Ijtimoiyish#Ijtimoiyhimoya 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn