Recent posts
Page 1 of 5 · 51 posts
Posted Apr 9
Metroyimizga “creative”😍
Posted Feb 19
Hamma qatori bo’lishni tanlamagan “Baraka”. Menga yoqdi. Yoshi kattalarga ham ayniqsa o’qish osonroq bo’lsa kerak.😊 Aytgancha, Ramazon oyi muborak barchaga!🌙
Posted May 26
Men grafik dizaynerman. Yo‘q, men “reklama uchun” yoki “shunchaki qiziqish uchun” dizayn qilmayman. Dizayn – bu shunchaki hobbiy emas. Bu — kasb. Bu faqat ranglar va shriftlarni tanlash yoki nimanidir “chiroyli ko‘rsatish” haqida emas. Yaxshi dizayn quyidagilarni anglatadi: ✔ To‘g‘ri xabarni yetkazish ✔ Haqiqiy muammolarga yechim topish ✔ Brendlarning odamlar bilan bog‘lanishiga yordam berish ✔ Narsalarni tushunarli va foydalanishga qulay qilish Har bir dizayn ortida: 🧠 Fikr-mulohaza 🕒 Vaqt 🎓 Yillar davomida o‘rganish va amaliyot yotadi Shunday bo‘lsa-da, ko‘p dizaynerlarga shunday savol beriladi: “Buni tekin qilib bera olasanmi? Zo‘r reklama bo‘ladi!” Keling, ochiq aytamiz: Reklama to‘lov qilmaydi. Reklama dastur, asbob-uskunalar yoki vaqtingizni sotib olmaydi. Reklama dizayner mehnatining qadriyatini mensimaydi. Men har doim yaxshi maqsadlar uchun yordam berishga yoki do‘stga qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Lekin dizayn — bu qadrli ish. Va har qanday malakali ish kabi, u ham haq to‘lanishga va hurmatga loyiq. 💬 Hurmatli dizaynerlar: O‘zingizni qadrlang. Yo‘q deyishdan cho‘chimang. Vaqtingiz va iste’dodingiz uchun to‘lov olishga haqlisiz.
Posted Aug 3
Posted Jul 27
Instagram yonib ketganini ko’rdingizmi?🌝
Posted Jul 27
#Logodesign Logo design developed for "Mumtaz" Women's Center. This logo, which includes a heart, butterfly, and letter M, was created based on the client's requirements. These symbolic forms mean that the women do everything with the ease of a butterfly, with all her heart. “Mumtaz” Ayollar Markazi uchun ishlab chiqilgan logotip dizayni. Yurak, kapalak, va M harfini o’zida mujassam qilgan ushbu logotip, mijozning talab-istaklari asosida yasaldi. Ushbu ramziy ma’nodagi shakllar ayol zotining kapalakdek yengil harakat ila, har bir ishni chin qalbdan qilishni anglatadi. Instagram |Behance Designed by Muqaddas Hafizova
Hashtags
Posted Jul 18
#SMDdesign Sevenplus o’quv markazi uchun tayyorlangan SMD.🔍 Instagram |Behance Designed by Muqaddas Nazarova
Hashtags
Posted Jul 18
#SMDdesign Sevenplus o’quv markazi uchun tayyorlangan SMD.🔍 Instagram |Behance Designed by Muqaddas Nazarova
Hashtags
Posted Jun 19
#SMDdesign Sevenplus o’quv markazi uchun tayyorlangan SMD.🔍 Instagram |Behance Designed by Muqaddas Nazarova
Hashtags
Posted Jun 19
Hammaga hayrli kech! Qachondir joylashim kerak bo’lgan ishlarni, bugundan boshlab sekin-asta joylab boraman. Ishlar orasida postlar, logolar, va illyustratsiyalar bo’ladi. Qo’llab-quvvatlab turganingiz uchun tashakkur!❤️
Posted Feb 20
Uzb: SevenPlus o’quv markazining bolajonlari uchun alohida “brending” ishlab chiqildi. Ushbu logotip “minimalizm” stili asosida, mijoz tomonidan berilgan brif orqali batafsil o’rganilib yasaldi. SevenPlusning ranglari saqlab qolinib, yosh bolalarga xos shrift tanlandi. Logotipning J harfida, bolaning tabassumi ifoda etilgan. Bundan tashqari bu tabassum “aydentika” sifatida qo’llanilgan. Eng: A special "branding" was developed for the children of the SevenPlus English School. This logo was created based on the brief given by the client with the “minimalism” style. The colors of SevenPlus have been preserved, and a font suitable for young children has been chosen. The letter “J” of the logo represents a child's smile. In addition, this smile was used as an "identity". Instagram |Behance Designed by Muqaddas Hafizova
Posted Jan 26
Dizaynerlarning miyasida turli “stereotiplar” mavjud. Agar miyamizdagi bloklarni olib tashlasak, hayot ham bizga ochiladi. 1. Sizni narxingiz, siz ishingizni qancha baholasangiz shuncha turadi. 2. Mijoz hamma yerda bor. Eng muhimi- siz qilayotgan ishingizni o’z og’zingiz bilan ishonch bilan ayta olishingiz va bundan erinmaslik. 3. Mijoz tanlab ishlashingiz bu okey. Siz o’zingizga mos mijoz bilan ishlashni xoxlashingiz bu yaxshi mutaxassisga xos. 4. Odamlarda (O’zbeklarda ham!) pul bor. Odamlar pul berishga hamisha tayyor, agar ko’nglidan chiqqan ish bera olsangiz albatta. 5. Qimmat mijoz- kamroq pravkalar. Arzon mijoz- ko’p injiqliklar. 6. Mijoz sizni emas boshqa dizaynerni tanlashi sizni qobiliyatingizni belgilab bermaydi! Shunchaki boshqa dizayner bilan uslub va qadriyatlar ko’proq mos kelgan bo’lishi mumkin. Erkin bo’ling, va o’z mijozingizni toping. 7. Odamlar bilan aloqa o’rnating. O’z energetikangizni tanishtiring, odamlarga o’zi haqida gapirganlar, aloqa qiziq. 8. O’z prinsiplaringizga sodiq turing. O’zini hurmat qilgan dizayner, o’z ishlash uslubiga ham ega bo’ladi. 9. Mijoz ham bu oddiy odam. U mutaxassisga yuzlandimi, demak unga mutaxassis fikri muhim. O’z fikringizni aytishdan uyalmang, va o’zingizni pas nazarga olmang. Hammamiz tengmiz. 10. Mijoz ketidan yugurmang. Qadringizni isbotlashga, ignor bo’lsa yalinishga urunmang. Ishingizni tushungan mijoz, o’zi keladi.