Post content
Dizaynerlarning miyasida turli “stereotiplar” mavjud. Agar miyamizdagi bloklarni olib tashlasak, hayot ham bizga ochiladi. 1. Sizni narxingiz, siz ishingizni qancha baholasangiz shuncha turadi. 2. Mijoz hamma yerda bor. Eng muhimi- siz qilayotgan ishingizni o’z og’zingiz bilan ishonch bilan ayta olishingiz va bundan erinmaslik. 3. Mijoz tanlab ishlashingiz bu okey. Siz o’zingizga mos mijoz bilan ishlashni xoxlashingiz bu yaxshi mutaxassisga xos. 4. Odamlarda (O’zbeklarda ham!) pul bor. Odamlar pul berishga hamisha tayyor, agar ko’nglidan chiqqan ish bera olsangiz albatta. 5. Qimmat mijoz- kamroq pravkalar. Arzon mijoz- ko’p injiqliklar. 6. Mijoz sizni emas boshqa dizaynerni tanlashi sizni qobiliyatingizni belgilab bermaydi! Shunchaki boshqa dizayner bilan uslub va qadriyatlar ko’proq mos kelgan bo’lishi mumkin. Erkin bo’ling, va o’z mijozingizni toping. 7. Odamlar bilan aloqa o’rnating. O’z energetikangizni tanishtiring, odamlarga o’zi haqida gapirganlar, aloqa qiziq. 8. O’z prinsiplaringizga sodiq turing. O’zini hurmat qilgan dizayner, o’z ishlash uslubiga ham ega bo’ladi. 9. Mijoz ham bu oddiy odam. U mutaxassisga yuzlandimi, demak unga mutaxassis fikri muhim. O’z fikringizni aytishdan uyalmang, va o’zingizni pas nazarga olmang. Hammamiz tengmiz. 10. Mijoz ketidan yugurmang. Qadringizni isbotlashga, ignor bo’lsa yalinishga urunmang. Ishingizni tushungan mijoz, o’zi keladi.