TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Kitobxo‘r
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT POST

Post #6029

@kitobxorr

Kitobxo‘r

Views576Post view count
PostedFeb 2302/23/2025, 05:46 PM
Post content

Post content

​​#review#taqriz 📙Nikolas Nassim Taleb — ''Tasodifga aldanganlar" (Fooled by Randomness) "Boshqacha so‘z bilan aytganda, tarix bizga shuni o‘rgatadiki, ilgari hech qachon yuz bermagan voqealar ham sodir bo‘lishi mumkin" Bu Talebning "Incerto" turkumidagi birinchi kitobi bo‘lib, unda u o'zining mashhur noaniqlik, ehtimollik va xavf-xatar haqidagi g‘oyalarini boshlab bergan. Bu Tasodif hayotimizni, karyeramizni va ayniqsa moliyaviy bozorlarimizni qanday shakllantirishi haqidagi aytaylik ilmiy-falsafiy tadqiqotdir. Sobiq treyder Taleb shaxsiy kuzatuvlari, bozor o'zgarishlari va skeptitsizm namunalarini bizga taqdim etadi. Kitobning bosh g'oyasi — Odamlar Tasodifning hayotdagi rolini past baholaydilar. Odamlar sabab-oqibat qonuniyatlarini barcha joyda qo'llashga intilgani sabab, ba'zan shunchaki omad kelib qolganini tan olishni istamasliklarini ta'kidlaydi. O'ta aqlli bo'lmagan treyder ham ba'zan omad tufayli katta yutuqqa erishishi mumkin deydi u. U yana biz faqat g'oliblarni ko'rishimiz, mag'lublarni eslamasligimiz va shu orqali xulosa chiqarishimizni aytadi (omon qolgan samolyot teoriyasi). Shu qatorda treydingga oid juda ko'plab misollar bilan o'quvchini bu bozor qoidalari va undagi turli taktikalarni qo'llaydigan shaxslar haqida so'zlab beradi. Mutaxassislar Talebning bu kitobida yangi narsa ixtiro qilmagani, shunchaki bor nazariyalarga boshqa nigoh tashlaganini aytib o'tishgan. Uning ko'p tilga olinadigan "Qora oqqush" fenomeni ham kitobda bir bor tilga olinadi, keyinchalik bu g'oyani mustahkamlab, yangi kitobida batafsil bayon qiladi. Kitob turli latifalar, falsafiy mushohadalar, texnikaga oid bahs-munozaralar ichida aylanib yuradi, aniq bir strukturaviy yechim yo'q. Va albatta kitobni Talebning intellektual maqtanchоqligi chiday oladigan insonlar o'qishi mumkin, chunki u o'zini boshqalar aldanib yurganida haqiqatni tushungan yagona odam sifatida tasvirlaydi. "Tasodifga aldanganlar" qaror qabul qilish, investitsiya kiritish yoki hayotda ehtimollikning ahamiyatini tushunishga yordam beradigan muhim qo'llanma hisoblanadi. U o‘quvchilarni o‘zlarining muvaffaqiyat hamda muvaffaqiyatsizlikni talqin qilish usullarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Talebning uslubi keskin bo‘lsa-da, uning fikrlari, ayniqsa tasodifiylik muhim rol o‘ynaydigan sohalarda faoliyat yurituvchilar uchun g‘oyat qimmatlidir. Kitob fikrlashga undovchi kitob, ammo hamma uchun emas. @panda_books