TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxo‘r

@kitobxorr

Books

Subscribers372Current channel subscribers
Tracked posts51Indexed post count
Recent reach4,419Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 5 · 51 posts

Posted Apr 4

Xameleon ochki taqish ko‘z uchun koni foyda ekan. Ko‘zim kayf qivoryapti menga rahmatlar aytib. Xameleon ochkisiz o‘tgan umrimga va ko‘zimga rahmim keldi😢

69 views

Posted Mar 29

​Hozirgina yaqinda qizim bilan Ferdinand degan multfilmni ozroq qismini ko‘rdik. Superg‘oya ustiga qurilgani, shablondan qochilgani juda yoqdi. Zo‘ravon, jahldor qiyofadagi buqa juda mehribon bo‘ladi😁) Singan tishini maqtanib Oktagon liga jang ber deb bo‘kirmaydi, sen buqasan, haybatingni qara degan eʼtirozlarga men zo‘ravonlikka qarshiman deya javob beradi. Tushunyapsanmi? Mana shu joyida yillar davomida shablonlar ustiga qurilgan g‘oyaviy konstruksiyam o‘tmay qoldi, buzilishni boshladi. Mendagi g‘oyaviy konstruktsiya shunday shakllagan: men shunchaki hech bir ishni, sababsiz va beg‘araz bajarmayman. Shunchaki yordam bermayman. Shunchaki xabar yozib yo‘qlamayman do‘stlarimni ham. Doim nimadir manfaat yotadi. Nimadir kerak bo‘lsa, nimadir zarurat bo‘lsa harakatga tushaman. Meni yordamlarimda ham aslida vaziyatga qarab o‘zimni birinchi planga qo‘yish turadi. Balki yaxshi ko‘rinish, balki tan olinish, hech bo‘lmaganda savob uchun yordam beraman. Tushunyapsanmi? Shunchaki emas juda bo‘lmaganda savob uchun. Meni Ferdinand misolida tanib olyapsanmi? O‘zingnichi? Men bu aslida senman. Sen kabiman. Men, sen va ular birgalikda mana shu hozirgi konstruksiyani qurganmiz. Hozirgi jamiyatni qurganmiz. Hozirgi dangasa, yordam bergisi kelmaydigan, o‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qo‘yadigan haromxo‘rlikni kasb qilganlarni, navbatda turishni istamay tor yo‘lga tiqilib keladigan shafyorlarni, hamma-hammasini mana shu konstruksiyamiz tarbiyalagan. Zo‘ravon, yulg‘ich bo‘lsang, yanchsang tirik qolasan degan g‘oya ustiga qurilgan. Tushunarlimi? Ishim tushganida yo‘qlayman yana. Chunki besabab yo‘qlasam nimaga yozdi ekan, qanaqa yordam kerak ekan deb rosa o‘ylanishing mumkin. Seni ham qiynab qo‘ymay. @kitobxorr

115 views

Posted Mar 23

Duolingo'dan faol foydalanayotganimga mana shu oy to'liq bir yil to'ldi. Orada muzlab qolgan yoki dars qilolmagan kunlarim bo'lgan lekin baribir o'ziga chorlayveradi. Til o'rganish uchun juda ham qiziqarli va mashg'ulotlarni bajarishga undaydigan mexanizmlar asosiga yaratilgan platforma. Foydalaning, manfaatli platforma.

202 views

Posted Mar 23

Ikki davrga nazar Kitobni mutolaa qilishni dastlabki daqiqalarida hozirgi hukumatga yoqish uchun yozilgandek taassurot uyg'otadi, lekin varoqlar va sahifalar uzra sayohat chuqurlashgani sari muallifning asl maqsadi aniqlasha boshlanadi. Paxta siyosatining…

179 views

Posted Mar 23

Ikki davrga nazar Kitobni mutolaa qilishni dastlabki daqiqalarida hozirgi hukumatga yoqish uchun yozilgandek taassurot uyg'otadi, lekin varoqlar va sahifalar uzra sayohat chuqurlashgani sari muallifning asl maqsadi aniqlasha boshlanadi. Paxta siyosatining oxirgi ishtirokchisi sifatida shuni aytishim mumkinki yillar davomida oq oltin bizning boyligimiz, u siz hayot yo'q deb singdirilganidan paxta terimiga chiqarilmaslik imkonsiz narsadek qabul qilingan yoki unaqa niyatni o'zi bo'lmagan. Maktab payti paxtaga chiqqanmiz va maktabni yakunlashimiz bilan o'quvchilar paxtaga chiqarilmaydigan bo'ldi, keyin kollejdan chiqdik va u yerni ham bitirishimiz bilan kollejlar ham paxtaga chiqmaydi degan qaror qabul qilindi. Eshik qisgan avlod sifatida universitetda ham shunaqa holat takrorlanadi deb o'qishga kirganimizda hayriyatki o'zgarishlar sezilib nachovkadan bir haftada qaytib kelganmiz, o'sha davr uchun shok xabar bo'lgan. Kitobni o'qish mobaynida hozirgi va avvalgi holatimizga nazar solish mumkin. @kitobxorr

2,790 views

Posted Mar 23

Эрих Фромм - ХХ асрнинг энг буюк мутафаккирларидан бири, гуманист файласуф ва психоаналитик. Унинг ҳар бир китоби инсон руҳиятининг турли қирраларини очиб беради. Бугун унинг туғилган куни. "Искуство любить" китобида Фромм севгини фақат романтик муносабат эмас, балки инсоннинг дунёга ва ўзига бўлган муносабати сифатида тасвирлайди. У ғамхўрлик, масъулият, ҳурмат ва билимни севгининг тўрт устуни деб атайди.

125 views

Posted Mar 20

Barchamizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin.

123 views

Posted Mar 20

Ongingizdagi SHISHAni sindirib tashlang

129 views

Posted Mar 9

Илк бор вафот этган донордан кўчириб ўтказилган бачадон орқали чақалоқ дунёга келди Буюк Британияда илк бор вафот этган донордан бачадон кўчириб ўтказилган аёл фарзандли бўлди. Майер-Рокитанский-Кюстер-Хаузер (MRKH) синдромидан азият чекувчи Грейс Белл 2025-йил декабрь ойи охирида Лондоннинг Қиролича Шарлотта ва Челси шифохонасида Хьюго исмли ўғил фарзандни дунёга келтирди. Ҳомиладорлик имконияти 2024-йил июнь ойида ўтказилган 10 соатлик трансплантация операцияси ва экстракорпорал уруғлантириш (ЭКУ) курсидан сўнг пайдо бўлди. Грейс Буюк Британияда MRKH синдроми билан яшовчи тахминан 5000 аёлдан бири Хьюгонинг туғилиши бачадон трансплантацияси лойиҳаси учун муҳим бурилиш нуқтаси бўлди. Ушбу лойиҳа доирасида жами ўнта операция ўтказиш режалаштирилган. Бу мамлакатда вафот этган донор аъзосидан фойдаланилган илк муваффақиятли ҳолатдир. Бундан аввалроқ, 2025-йил бошида тирик донордан бачадон кўчириб ўтказилган аёл Эми исмли қизчани дунёга келтирган эди. Ҳозиргача тирик донорлар билан учта трансплантация амалга оширилган, яна бештаси режалаштирилган. Аъзонинг рад этилишини олдини олиш учун Белл доимий равишда иммунодепрессантлар қабул қилиши керак. Эҳтимолий иккинчи ҳомиладорликдан кейин, узоқ муддатли хавфларни камайтириш учун бачадонни олиб ташлаш режалаштирилган. Боланинг донор билан генетик боғлиқлиги йўқ. Дунё тажрибаси шуни кўрсатадики, бачадон кўчириб ўтказиш бўйича 100 дан ортиқ муваффақиятли операция ўтказилган ва натижада 70 дан ортиқ соғлом болалар туғилган. Бундай операция бачадонсиз аёллар учун имкониятларни кенгайтиради ва репродуктив технологиялар суррогат оналикка хавфсиз муқобил бўлиши мумкинлигини кўрсатади. Аноним донорнинг оиласи бошқа реципиентларга ёрдам берилганидан фахрланишини билдирди. Тадқиқотчилар бачадон трансплантацияси оддий муолажага айланиши ва минглаб аёлларга оналик бахтини беришига умид қилмоқдалар. Операциялар муваффақияти жарроҳлик техникаси, беморни кузатиш, иммунодепрессантларни тўғри танлаш ва психологик қўллаб-қувватлашга боғлиқ. Science

166 views

Posted Feb 22

Vatanga qaytishda qiziq voqea bo‘ldi. Nurbek aka Alimoff bilan bitta reysda yonma-yon o‘rindiqqa joylashib qopman. Qachondir ko‘rishaman degan niyat bor edi, lekin Bokudan birga qaytish umuman planda bo‘lmagan😌

171 views

Posted Feb 20

Guba tumanida joylashgan 1-sonli Zaki Karimov nomidagi maktabda qardosh xalq ustozlari bilan tariba almashdik. Delegatsiyamiz a'zosi ingliz tili fani ustozi Marina Sergeyevna o'quvchilarga qiziqarli dars mashg'ulotlari o'tib berdilar. Shuningdek, 21-fevral ona tili bayrami tadbirida ishtirok etdik. Yakunda ikki xalqning dilbar na'volari yangragan holda, tadbir kuy-qo'shiqlarga ulanib ketdi😁 * * * Quba rayonundakı Zəki Kərimov adına 1 nömrəli məktəbdə həmkarlarımızla milli müəllimlərimizlə dərs mübadiləsi apardıq. Nümayəndə heyətimizin üzvü, ingilis dili müəllimi Marina Sergeyevna şagirdlərə maraqlı dərslər keçdi. Həmçinin 21 fevralda Ana Dili Günü tədbirində iştirak etdik və tədbirin sonunda iki xalqın gözəl melodiyaları səslənən mahnı və melodiyalarla dolu oldu. @kitobxorr

206 views

Posted Feb 20

100 nafar obodonlashtirish xodimlarining farzandlarini kontrakt to‘lovi to‘lab berilibdi👏

144 views
PreviousPage 1 of 5Next