Post content
Begzod bilan karantin paytida endi online kitob do‘konini ochgan paytida tanishganmiz. O‘sha paytdagi (hozir ham) gigant book.uz, asaxiy, akademnashr, zabarjad kabi kitob biznesi bilan shug‘ullanuvni brendlar bilan tenglasholmaysan, pachag‘ing chiqib ketadi deganim esimda. Keyin bookbikeʼni yasadi. Bir necha marta shu bookbikeʼni balonini qasddan teshib ketib sindirmoqchi bo‘lishgan, lekin shunda ham qaytmadi. Bookbikeʼni yangi yasagan paytda qiziqarli videolar olganimiz esimda, kamerachi ham bo‘lmagan ko‘chadan o‘tgan yo‘lovchilardan iltimos qilgandik😂) qopqora bo‘b ketgandi quyoshda yuraverib. Goldenbooks bilan birgalikda yaxshi xotiralar juda ko‘p. Hozir ham oilam bilan birgalikda boradigan eng sevimli maskanimizdan biri hisoblanadi. Jamoani har bir aʼzosidagi samimiylik, ochiqko‘ngillik alohida mavzu. Yaxshi insonlar yig‘ilgan. Yaxshi xotiralar, iliq munosabat va o‘zgacha yondashuv uchun rahmat aytaman👍 Videoni ko‘ringlar https://youtu.be/FaUFly-DjHQ?si=YzNsmU5CcPLt9yt0