TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Kitobxo‘r
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT POST

Post #6070

@kitobxorr

Kitobxo‘r

Views192Post view count
PostedFeb 1602/16/2026, 05:34 PM
Post content

Post content

Bugun Quba shahriga keldik. Menmonxonasida kitob o'qib, suhbatlashish uchun mo'ljallangan shinam zali bor ekan. Lekin Ozarbayjonga kelgan kunimiz dastlabki daqiqalardan boshlab miyada o'ziga hos kognitiv dissonans ketyapti. Havo haddan tashqari toza, osmon shu darajada musaffoligidan bulut yaqinda suzib yurgandek tasavvur uyg'otadi, keyin bular ko'chaga umuman musor tashlamas ekane tovba. Kelganimdan beri chang va musor qidirib yuribman, shunaqa toza joy ham bo'lishi mumkin ekanda deb. Oyma-oy qarzga kirmaslik uchun oldindan tozahududga to'lov qilib, shunda keyin ham 5 oyda bir esiga tushib qolganida (yoki portalga yozganingda, eng qizig'i portalga qayta-qayta murojaat qilaverishdan ham hijolat bo'lasan) chiqindini olib ketishiga o'rganib qolgan odam birdaniga toza joyga tushib qolsa utopiyani ichida yashayotgandek his qilaverar ekan o'zini🤣 Chetga chiqib olib, o'zicha yomonlayapti deb o'ylamanglar yana prosta g'alati ekanda buyerlar. @kitobxorr