TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Kitobxo‘r
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT POST

Post #6085

@kitobxorr

Kitobxo‘r

Views2,790Post view count
PostedMar 2303/23/2026, 12:13 PM
Post content

Post content

Ikki davrga nazar Kitobni mutolaa qilishni dastlabki daqiqalarida hozirgi hukumatga yoqish uchun yozilgandek taassurot uyg'otadi, lekin varoqlar va sahifalar uzra sayohat chuqurlashgani sari muallifning asl maqsadi aniqlasha boshlanadi. Paxta siyosatining oxirgi ishtirokchisi sifatida shuni aytishim mumkinki yillar davomida oq oltin bizning boyligimiz, u siz hayot yo'q deb singdirilganidan paxta terimiga chiqarilmaslik imkonsiz narsadek qabul qilingan yoki unaqa niyatni o'zi bo'lmagan. Maktab payti paxtaga chiqqanmiz va maktabni yakunlashimiz bilan o'quvchilar paxtaga chiqarilmaydigan bo'ldi, keyin kollejdan chiqdik va u yerni ham bitirishimiz bilan kollejlar ham paxtaga chiqmaydi degan qaror qabul qilindi. Eshik qisgan avlod sifatida universitetda ham shunaqa holat takrorlanadi deb o'qishga kirganimizda hayriyatki o'zgarishlar sezilib nachovkadan bir haftada qaytib kelganmiz, o'sha davr uchun shok xabar bo'lgan. Kitobni o'qish mobaynida hozirgi va avvalgi holatimizga nazar solish mumkin. @kitobxorr