TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Kitobxo‘r
Kitobxo‘r avatar

TGINSIGHT POST

Post #6088

@kitobxorr

Kitobxo‘r

Views115Post view count
PostedMar 2903/29/2026, 05:00 AM
Post content

Post content

​Hozirgina yaqinda qizim bilan Ferdinand degan multfilmni ozroq qismini ko‘rdik. Superg‘oya ustiga qurilgani, shablondan qochilgani juda yoqdi. Zo‘ravon, jahldor qiyofadagi buqa juda mehribon bo‘ladi😁) Singan tishini maqtanib Oktagon liga jang ber deb bo‘kirmaydi, sen buqasan, haybatingni qara degan eʼtirozlarga men zo‘ravonlikka qarshiman deya javob beradi. Tushunyapsanmi? Mana shu joyida yillar davomida shablonlar ustiga qurilgan g‘oyaviy konstruksiyam o‘tmay qoldi, buzilishni boshladi. Mendagi g‘oyaviy konstruktsiya shunday shakllagan: men shunchaki hech bir ishni, sababsiz va beg‘araz bajarmayman. Shunchaki yordam bermayman. Shunchaki xabar yozib yo‘qlamayman do‘stlarimni ham. Doim nimadir manfaat yotadi. Nimadir kerak bo‘lsa, nimadir zarurat bo‘lsa harakatga tushaman. Meni yordamlarimda ham aslida vaziyatga qarab o‘zimni birinchi planga qo‘yish turadi. Balki yaxshi ko‘rinish, balki tan olinish, hech bo‘lmaganda savob uchun yordam beraman. Tushunyapsanmi? Shunchaki emas juda bo‘lmaganda savob uchun. Meni Ferdinand misolida tanib olyapsanmi? O‘zingnichi? Men bu aslida senman. Sen kabiman. Men, sen va ular birgalikda mana shu hozirgi konstruksiyani qurganmiz. Hozirgi jamiyatni qurganmiz. Hozirgi dangasa, yordam bergisi kelmaydigan, o‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qo‘yadigan haromxo‘rlikni kasb qilganlarni, navbatda turishni istamay tor yo‘lga tiqilib keladigan shafyorlarni, hamma-hammasini mana shu konstruksiyamiz tarbiyalagan. Zo‘ravon, yulg‘ich bo‘lsang, yanchsang tirik qolasan degan g‘oya ustiga qurilgan. Tushunarlimi? Ishim tushganida yo‘qlayman yana. Chunki besabab yo‘qlasam nimaga yozdi ekan, qanaqa yordam kerak ekan deb rosa o‘ylanishing mumkin. Seni ham qiynab qo‘ymay. @kitobxorr