TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #13 · Mar 17

#秀哥语录 2020.12.27【撩妹模板】#撩妹#语录 告诉你们一个小秘密 没事多去逛逛有年轻漂亮老板娘的美甲店 不要问我为什么 小姐姐 我买几瓶指甲油送给喜欢的人 买好付完钱送给老板娘 你就是我喜欢的人 你可以直白的告诉老板娘 其实我已经关注你好久了 第一次见到你 就有种心跳的感觉 我已经好多次想进来了 就是不知道怎么和你搭讪 可是 你的身影实在挥之不去 我今天忍不住了 豁出去了 就想告诉你 我真的好喜欢你 能不能加个好友

Results

1 similar post found

Search: #cbkt

当前筛选 #cbkt清除筛选

O‘zbekiston vakili xalqaro BIPM–TÜBİTAK UME dasturi doirasidagi seminarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi ✅ Yaqinda Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM) hamda Turkiya Milliy Metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) hamkorligida amalga oshirilayotgan “BIPM – TÜBİTAK UME Project Placements” xalqaro dasturining 8-bosqichi doirasida gibrid shakldagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. ✅ Mazkur dastur 2018-yildan buyon muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda va bugungi kunga qadar 43 mamlakatdan 77 nafar tadqiqotchini birlashtirgan. Dastur milliy metrologiya institutlarining ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda metrologiya sohasidagi mutaxassislar malakasini yuksaltirishga qaratilgan. ✅ Seminarda BIPMning Xalqaro aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi vakillari Anna Sipionka va Chingis Kuanbayev ishtirok etdilar. Tadbir davomida xalqaro metrologiya tizimi va o‘lchov institutlarining o‘zaro tan olinishi uchun asos bo‘luvchi CIPM o‘zaro tan olish kelishuvi (CIPM MRA) haqida batafsil ma’lumot berildi. Dastur doirasida Albaniya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Kolumbiya, Malayziya, Misr, Norvegiya, O‘zbekiston, Ukraina va Vetnamdan jami 10 nafar mutaxassis ishtirok etdi. ✅ Seminarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali mutaxassisi Sh. Kadirov “Tibbiy metrologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ma’ruzasi bilan faol ishtirok etdi. Uning ishtiroki mamlakatimizning xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy metrologik infratuzilmani yanada takomillashtirish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarini ifodaladi. ✅ Tadbir davomida ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish, metrologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama etish, shuningdek, yetakchi xalqaro laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan ilg‘or uslub va amaliyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi. #UzNIM#BIPM#TUBITAK_UME#CBKT#hududiy_filiallar 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube