TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #13 · Mar 17

#秀哥语录 2020.12.27【撩妹模板】#撩妹#语录 告诉你们一个小秘密 没事多去逛逛有年轻漂亮老板娘的美甲店 不要问我为什么 小姐姐 我买几瓶指甲油送给喜欢的人 买好付完钱送给老板娘 你就是我喜欢的人 你可以直白的告诉老板娘 其实我已经关注你好久了 第一次见到你 就有种心跳的感觉 我已经好多次想进来了 就是不知道怎么和你搭讪 可是 你的身影实在挥之不去 我今天忍不住了 豁出去了 就想告诉你 我真的好喜欢你 能不能加个好友

Results

3 similar posts found

Search: #doubledegree

当前筛选 #doubledegree清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #3019 · 02/13/2026, 10:20 AM

🇺🇿🇰🇷MBA IT Business bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning Ajou universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan MBA IT Business ikki diplomli dasturi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur dastur doirasida tahsil olgan bitiruvchilar ikki oliy ta’lim muassasasining ta’lim standartlari va akademik yondashuvlari asosida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, xalqaro darajadagi boshqaruv hamda axborot texnologiyalari sohasida chuqur nazariy bilim va amaliy kompetensiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirdilar. Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (GSBE) direktor o‘rinbosari Baхrom Xolbayev, Ajou universiteti Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi (GSIS) dekani Byeong Yun Chang, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi vakillari ishtirok etdilar. Tantanali marosim davomida so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi marralar va xalqaro maydonda yuksak natijalar tiladilar. Ta’kidlanganidek, mazkur ikki diplomli dastur ikki davlat o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirning yana bir quvonarli jihati shundaki, bitiruvchilar orasida yuqori akademik natijalarga erishgan tinglovchilar alohida e’tirof etildi. Xususan, Tajibaev Jetkerbay Ubayhanovich Ajou universitetining yuqori akademik ko‘rsatkichlari uchun Prezident mukofoti, Rahmedova Dilnoza Ashrafxo‘ja qizi akademik muvaffaqiyatlari uchun Dekan mukofoti bilan taqdirlandilar. Mazkur yutuqlar nafaqat bitiruvchilarning shaxsiy mehnati va intilishlari samarasi, balki ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yorqin natijasi sifatida e’tirof etildi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Visit#DoubleDegree #Ajou 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #3015 · 02/12/2026, 12:59 PM

🇺🇿🇰🇷Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Janubiy Koreyada ikki diplomli dastur asosida tahsil olayotgan MBA IT Business mutaxassisligi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida tinglovchilarning o‘quv jarayonlari, fanlar mazmuni, darslarning amaliy yo‘naltirilganligi hamda professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlik tajribasi yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, ularning Koreyadagi turmush tarziga moslashuvi, ta’lim va kundalik hayot muvozanati, xalqaro muhitda orttirayotgan tajribasi hamda kelgusidagi kasbiy va akademik maqsadlari haqida atroflicha suhbat olib borildi. Tashrif doirasida Ajou universitetida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, qulay ta’lim muhiti hamda ijtimoiy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, auditoriyalar, o‘quv resurslari va talabalar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Muloqot jarayonida dastur mazmunini yanada takomillashtirish, amaliy komponentni kuchaytirish hamda tinglovchilarning akademik va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar bildirildi va ular alohida qayd etildi. Ta’kidlash joizki, ertangi kunda mazkur ikki diplomli dastur bo‘yicha MBA IT Business mutaxassisligi tinglovchilarining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu marosim dastur ishtirokchilarining xalqaro ta’lim yo‘lidagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganini ifoda etadi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Visit#DoubleDegree #Ajou 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #1575 · 09/16/2024, 12:49 PM

🎓“Ikki diplom” (double degree) asosida “MBA in IT business” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1-kurs tinglovchilari uchun dasturning ochilishi bo‘lib o‘tdi. 🇬🇧✍️The opening ceremony of the "MBA in IT Business" master's program for first-year listeners under the "double degree" program took place. ✅Состоялась церемония открытия программы магистратуры по специальности "MBA in IT Business" для cлушателей первого курса в рамках программы двойного диплома.🇷🇺 #GraduateSchool#DoubleDegree#Ceremony#IT#MBA 🔝Web-site |🔝Facebook |🔝Instagram | 🔝Youtube