TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #13 · Mar 17

#秀哥语录 2020.12.27【撩妹模板】#撩妹#语录 告诉你们一个小秘密 没事多去逛逛有年轻漂亮老板娘的美甲店 不要问我为什么 小姐姐 我买几瓶指甲油送给喜欢的人 买好付完钱送给老板娘 你就是我喜欢的人 你可以直白的告诉老板娘 其实我已经关注你好久了 第一次见到你 就有种心跳的感觉 我已经好多次想进来了 就是不知道怎么和你搭讪 可是 你的身影实在挥之不去 我今天忍不住了 豁出去了 就想告诉你 我真的好喜欢你 能不能加个好友

Results

4 similar posts found

Search: #ictweek2025

当前筛选 #ictweek2025清除筛选
UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #788 · 09/25/2025, 01:54 PM

❤️UNICON.UZMarkazining ICTWEEK Uzbekistan 2025dagi ikkinchi kun ishtiroki fotolavhalari! Bugun ICTWEEK Uzbekistan 2025 davom etmoqda! Shu bilan birga, sizlarga kechagi kun ko‘rgazmasining foto hisobotini taqdim etamiz. UNICON.UZ stendi ertaga ham mehmonlarni kutadi. Ko‘rgazma doirasida bir qator memorandumlar imzolandi. UNICON.UZ Markazi stendi an’anaviy tarzda tashrif buyuruvchilar orasida mashhur bo‘lib, bizning xizmatlarimiz va dasturiy mahsulotlarimiz nafaqat yetakchi mutaxassislar va kompaniyalar vakillarida, balki yoshlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bizga tashrif buyurganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiramiz! Oldinda yanada ko‘proq qiziqarli voqealar kutmoqda. Ertaga ham sizni stendimizda kutamiz! #UNICONUZ#ICTWEEK2025#DigitalUzbekistan Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #785 · 09/25/2025, 09:14 AM

❤️ Toshkentda ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida UNICON.UZ va Gazinformservis hamkorligida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Elektron raqamli imzoni Milliy ishonchli uchinchi taraf (IUT) xizmati orqali o‘zaro tekshirish bo‘yicha bitim imzolandi. 🤝 Ushbu loyiha biznes hamkorlikni rivojlantirish, vaqt va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish hamda ishonchni oshirishga xizmat qiladi. «Bu shunchaki bitim emas — bu samarali loyiha bo‘lib, uni amalga oshirish mamlakatlarimiz bizneslari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi», — dedi Gazinformservis kompaniyasi GR-direktori Yelena Ivanova. Bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida raqamli hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. #ICTWeek2025#UNICONUZ#DigitalUzbekistan Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #799 · 09/29/2025, 08:03 AM

❤️UNICON.UZ va GBSoft Co., Ltd. hamkorlik memorandumi imzoladi! 24-sentabr 2025, Toshkent ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida UNICON.UZva Janubiy Koreyaning GBSoft Co., Ltd. innovatsion biometrik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi. Hamkorlik yo‘nalishlari: • O‘zbekistonda biometrik kiosklarni ishlab chiqarish va servis xizmati • Biometrik dasturiy ta’minotni yaratish va qo‘llab-quvvatlash • Qo‘shma marketing va o‘quv markazlari 🩺 Yangi avlod biometrik kioski atigi 10 soniyada puls, bosim, kislorod darajasi, tana harorati va stress ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Sun’iy intellekt va deep learning texnologiyalari asosidagi yechim telemeditsina, transport va kundalik hayotda qo‘llanishi mumkin. Memorandumni Maxsum Maxmudov (UNICON.UZ), Kibum Park va Daxum Lim (GBSoft Co., Ltd.) imzoladilar. Bu hamkorlik O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ilg‘or biometrik texnologiyalarni rivojlantirish sari muhim qadamdir. #UNICONUZ#GBSoft#ICTWeek2025#DigitalUzbekistan#Innovation Telegram| Facebook| Instagram| Youtube

UNICON.UZ

@uniconcompany · Post #771 · 09/23/2025, 03:54 AM

❤️UNICON.UZ sizni ICTWEEK Uzbekistan 2025 doirasida bizning stendimizga tashrif buyurishga taklif etadi! 🗓 23–26 sentabr 📍Xalqaro ko‘rgazma markazi CAEx, Tashkent UNICON.UZ stendida siz quyidagilar bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ Ma’lumotlar markazi (Data-center) ➡️ Sun’iy intellekt asosidagi biometrik kiosk va sog‘liqni monitoring qilish tizimi ➡️ Raqamli texnologiyalar sohasida sertifikatlash ➡️ Milliy ishonchli uchinchi taraf xizmati (IUT) tizimi ➡️ Xabardor qilish tizimi. ✍️ Bundan tashqari, stendimiz mehmonlari UNICON.UZ ekspertlaridan shaxsiy maslahatlar olishlari mumkin. 🥇Sizni kutmoqda: viktorinalar, tanlovlar, vaucher va sertifikatlar, shuningdek, sovg‘alar va qimmatbaho yutuqlar! #UNICONUZ#ICTWeek2025#DigitalUzbekistan#Innovation#TechForFuture Telegram| Facebook| Instagram| Youtube