TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #13 · Mar 17

#秀哥语录 2020.12.27【撩妹模板】#撩妹#语录 告诉你们一个小秘密 没事多去逛逛有年轻漂亮老板娘的美甲店 不要问我为什么 小姐姐 我买几瓶指甲油送给喜欢的人 买好付完钱送给老板娘 你就是我喜欢的人 你可以直白的告诉老板娘 其实我已经关注你好久了 第一次见到你 就有种心跳的感觉 我已经好多次想进来了 就是不知道怎么和你搭讪 可是 你的身影实在挥之不去 我今天忍不住了 豁出去了 就想告诉你 我真的好喜欢你 能不能加个好友

Results

1 similar post found

Search: #kriss

当前筛选 #kriss清除筛选

Incheon mezbonligidagi APMP 41-yig‘ilishi: O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda 🔄 O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari Osiyo–Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) Bosh Assambleyasining 41-yig‘ilishida, shuningdek Davlat metrologiya muassasalarining Yevro–Osiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti nomidan ishtirok etmoqda. 📍Nufuzli anjuman 2025 yil 21–28 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida, Koreya o‘lchovlar va ilmiy-tadqiqot instituti (Korea Research Institute of Standards and Science – KRISS) tomonidan tashkil etilmoqda. ✍️ Bu xalqaro tadbirda O'zbekiston milliy metrologiya instituti hodimlari metrologiyaning akustika, massa, elektr, uzunlik, harorat, sarf, fotometriya, kimyo, ionlantiruvchi nurlanish, vaqt va chastota yo‘nalishlari hamda sifat tizimi bo‘yicha texnik qo‘mitalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi. ✅Ushbu yig‘ilishda ishtirok etish orqali O‘zMMI mutaxassislari turli yo‘nalishlardagi eng so‘nggi yutuqlar, metodikalar va xalqaro talablar bilan tanishdilar va o'z yo'nalishlari bo'yicha taqdimotlar taqdim etdilar. ✅ Ma'lumot uchun: Hozirgi kunga kelib, O‘zMMI APMP doirasida BIPM bazasida ro‘yxatga olingan 3 ta (akustika va tebranish, uzunlik, hajm) solishtirish loyihalarida ishtirok etmoqda, shu bilan birga 2025 yil davomida NIM (China)da – 11 nafar NIMT (Tailand)da – 5 nafar KRISS (Koreya)da – 3 nafar mutaxassislar malakasi oshirildi. 🎖️ Tadbir doirasida KRISSning 50 yillik faoliyati, shuningdek, Metrik konvensiya qabul qilinganligining 150 yilligi ham tantanali ravishda nishonlanadi. 📈 Ushbu yirik xalqaro tadbirga qatnashish massa, ionlovchi nurlanish, elektr va magnetizm, bosim, uzunlik, fotometriya, vaqt va chastota o‘lchash yo‘nalishlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi solishtirish loyihalarda ishtirok etish imkonyatini beradi. ❗️ Mazkur anjumanda O‘zMMI vakillarining ishtiroki Germaniya Fizik-texnik instituti (PTB)ning “Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. 📰 Shuningdek, ta'kidlash joizki, APMP rasmiy veb-saytida O‘zMMI ning joriy yildagi faoliyati xalqaro jamoatchilikka “Highlights of Recent Activities at UzNIM” nomli maqola orqali taqdim etildi. (https://www.apmpweb.org/portal/article/index/cid/16/id/1336.html). #UzNIM#APMP#KRISS#COOMET#Metrology#APMP_GA_2025 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube