TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #13 · Mar 17

#秀哥语录 2020.12.27【撩妹模板】#撩妹#语录 告诉你们一个小秘密 没事多去逛逛有年轻漂亮老板娘的美甲店 不要问我为什么 小姐姐 我买几瓶指甲油送给喜欢的人 买好付完钱送给老板娘 你就是我喜欢的人 你可以直白的告诉老板娘 其实我已经关注你好久了 第一次见到你 就有种心跳的感觉 我已经好多次想进来了 就是不知道怎么和你搭讪 可是 你的身影实在挥之不去 我今天忍不住了 豁出去了 就想告诉你 我真的好喜欢你 能不能加个好友

Results

8 similar posts found

Search: #redfox

当前筛选 #redfox清除筛选
RedFox Branding

@redfoxuz · Post #1618 · 05/10/2021, 01:41 PM

#redfox Bugun RedFox dizayn studiyasiga ishga kirganimga 1 oy bo'ldi. Ishga birinchi kun kelganimda 1 oy vaqt o'tib RedFoxdagi hayot haqida yozaman deb o'zimga va'da bergandim. O'sha payt faqat bu yerdagi hayot zo'rligi, ishga xursand bo'lib borib qaytayotganimni yozaman deb o'ylagandim, lekin hammasi man o'ylagandek bo'lmadi, va va'da berganimdek hammasini boricha yozaman. Xo'sh, RedFoxga kelganimdan buyon kunlar oson o'tmadi, deyarli har kuni chuqur siqilishlar bo'ldi, hayot grafigim butunlay o'zgarib ketdi, ko'p stress va bosimlar bo'ldi. Va bu hammasi emas... Savol: RedFox shunchalik dizaynerlarni qiynaydimi?👀 Gap shundaki, RedFox bu dangasa dizaynerlar uchun emas, bu joy aniq maqsadi bor, ko'p mehnat qilishga, o'z ustida tinmay ishlashga tayyor bo'lganlar uchun. Ko'p vaqt davomida faqat uyda frilanserlik qilganim uchun comfort zonaga tushib qolganligimni RedFoxga kelib bildim. Balki shuning uchun oxirgi 1oy juda qiyin o'tdi. Endi sekin moslashishga harakat qilyapman. Bu yerda ishlashni man uchun + tomonlaridan biri, ofisda qizlar ko'p, va o'zim ham qizlarni RedFoxda shogirdlikka olyapman. IT sohasida qizlar kamligi uchun ish joyini tanlashda qiynalardim, bu yerda esa qizlar ko'pligi uchun o'zimni ancha erkin xis qilaman. Shuningdek bu yerda 2ta dizaynerdan yaxshi hislatlarni o'rgandim. Ismlarini balki keyinroq aytarman. 1-dizaynerdan kitob o'qishni o'rgandim, har kuni ofisga kelganimda dizaynga aloqador kitob o'qib o'tirishlariga ahamiyat berdim va bu manga kitob o'qishga turtki bo'ldi va hozirda dizaynga aloqador qiziqarli kitob o'qiyapman, keyinroq u kitob haqida batafsil aytaman. 2-dizaynerdan esa bosim paytida har narsaga asabiylashmasdan og'ir-bosiq bo'lishni, muammolarni kulib qarshi olishni o'rgandim, aniqrog'i hali o'rgana olmadim, shuni harakatidaman. Har doim yolg'iz ishlaganingizdan keyin jamoaga qo'shilganingizda va jamoada hammada o'ziga yarasha individual xarakterli odamlar bilan ishlashni boshlaganingizda haqiqiy sinovli paytlar boshlanar ekan. RedFoxda sabr-toqatli, bardoshli, chidamli, muvozanatli, mehnatsevar bo'lishni o'rganasiz, shunga majbur bo'lasiz ham, bu hislatlarsiz ishlay olmaysiz, manda shu hislatlar kamlik qilganini sezdim, endilikda shularni rivojlantirish yo'lidaman. Agar siz ham comfort zonadan chiqishni xohlasangiz, kuchli boʻlishni istasangiz va boshqa kerakli hislatlarni rivojlantirishni xohlasangiz RedFoxga marhamat. Jamoaga ayniqsa qizlarni taklif qilaman! Birgalikda qizlar bilan rivojlanishimizga ishonaman😊 Qisqaroq yozishga harakat qildim...

Hashtags