TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← GZ学习频道

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @olddriverGDstudy · Post #49 · Mar 24

江湖舔狗传 江湖者,江湖也! 各兄弟五湖四海汇聚一堂,为的是个情字,讲的是个义字,说的是个道理。 江湖上无数前辈好汉,忍饥挨饿,夜以继日,通宵达旦,上下求索,陷过无数的坑,踏破无数双鞋换得了有限的几个极品资源,未曾敢占为己有,而是毫无保留,无私公布奉献。 这一切为什么?为的是天下草根、屌丝们,不受仙人跳之苦,不遭各种骗费之难,不枉花了辛苦搬砖的银两盘缠,这是多么高尚的精神,多么高贵的品质啊! 江湖就是江湖,林子大了什么鸟儿都有,舔狗们也像病毒般出没,为害人间。这些禽兽毫无尊严、毫无底线,从溜须拍马、到阿谀奉承,从冷屁股到甜盘子全方位无死角。 舔狗,做着劝婊子从良的梦,抱着救风尘女子出火坑的“崇高”的性幻想,岂不知自己已是婊子口中的笑话! 江湖有江湖的规矩,江湖有江湖的原则,江湖有江湖的风貌,江湖有江湖的脾气。 我知舔狗是死不光的,这一车死光了,下一车还在路上。 但舔狗永远不过是个道具而已,又何必自作多情。 舔狗,你听,电话声已响起,你的钟到了!闭上臭嘴,滚出去把门关上! 作者:41秒哥 标签:#语录

Hashtags

Results

6 similar posts found

Search: #uztelecom

当前筛选 #uztelecom清除筛选
Far·hod·jon

@farhodjon · Post #314 · 02/23/2020, 11:18 AM

Internet tezligi haqida (yana) Spot.uz va Kun.uz yozishicha, Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov quyidagilarni aytgan: 1. Internetga ulanish imkoniyati tezligini 10 marotabaga oshirish (aholida internetga ulanish imkoniyatini o‘rtacha 10 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlarda esa 100 Mbit/s dan 1000 Mbit/s gacha). 2. Xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi. 3. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi. Internet tezligini 10 marotaba oshirish juda yaxshi, lekin tezlikni solishtirish ichkariga nisbatan boʻlmasligi lozim. Masalan, biror tashkilot yoki jarayonning samaradorligini oʻlchash uchun KPI(key performance indicator — asosiy samaradorlik koʻrsatkichi) ishlatiladi. Agar biz Oʻzbekiston ichkarisidan qarasak, internet tezligining 1 yoki 2 Megabit/sekundga oshishi yaxshidek tuyuladi. Lekin bu odamlarning hayotini juda ham yaxshilamasligi tabiiy. Shuning uchun, KPI sifatida internet tezligi boʻyicha Oʻzbekistonning dunyoda egallagan oʻrnini olish lozim. Speedtestʼning global roʻyxatida Oʻzbekiston mobil internet boʻyicha 132, simli internet boʻyicha 104-oʻrinni egallayapti. AKT vazirligiga bunaqa topshiriq qoʻyish mumkin: AKT vazirligi 2020-yilning oxirigacha mobil internet tezligini 100-oʻrindan va simli internet tezligini 90-oʻrindan quyiga tushirsin. Keyin AKT vazirligi turli yoʻllarini oʻylab topsin va vazirlikka shu masalada xalaqit beradigan toʻsiqlar olib tashlansin. Balki, hozirgi internet tezligini yetarli, deb hisoblayotgan Oʻzbektelekomʼdan tashqi kanalga boʻlgan monopoliyasini olib tashlar: u ham boshqa kompaniyalar bilan bir xil huquq asosida ishlab koʻrsin?.. Balki, saytlarni ortiqcha cheklashga harakat qilib (0,05% odam kirishi mumkin boʻlgan) butun Oʻzbekiston xalqiga zarar yetkazilayotgandir?.. Umid qilaman, 2018-yildagidek internet tezligini oshiramiz, deb YouTube, Facebook kabi saytlarni yopib qoʻyishmaydi va Oʻzbekiston uchun internet tez va barqaror boʻlishi juda muhimligini tushunishadi. Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish haqida men ikkilanyapman. Bir tomondan, internet traffikini juda katta qismi boʻlgan YouTube va Facebook (videolar) kontenti mamlakatning ichida boʻlishi juda qulay. Ular uchun xuddi bir CDN edge server(kontent yerkazish tarmogʻidagi server; fayllar sinxronizatsiya qilinib, atrofdagi foydalanuvchilarga shu serverdan maʼlumot yetkaziladi) kabi ishlaydi. Ikkinchi tomondan esa, aynan qanaqa maʼlumotlar saqlanishi va Oʻzbektelekom kabi kompaniyalar qanaqa qismini koʻra olishi qiziq. Masalan, agar ular mening shaxsiy maʼlumotlarim, xabarlarimni koʻra oladigan holat boʻlsa (bunga texnologik kompaniyalar ham yoʻl qoʻymaydi aslida), bu kerak emas. Internet tezligining oshishi va davlat internet biznesiga xalaqit bermasligi shu kompaniyalar tabiiy ravishda bizning bozorga qiziqishiga olib keladi. Respublika hududida optika liniyalarini qurishga men juda ijobiy qarayman. Regionlarda ham internet-biznes rivojlanishi uchun bu juda muhim. Masalan, shahardan tashqariroq joyga 1-2 haftaga ishlagani chiqish uchun odam ikkilanadi: hatto mobil internet yetarlicha tezlikka ega boʻlmasligi mumkin. Va internetning narxlanishini ham alohida KPI sifatida yuritsa boʻladi. #uztelecom@FarLives🌀

Hashtags

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #219 · 08/09/2019, 12:58 PM

Oʻzbekistonda ishlamayotgan, menga toʻgʻridan-toʻgʻri foydali saytlar: 1. techcrunch.com - qaysi axmoq bu saytni yopgan, hayronman. Texnologiyalar va startaplar boʻyicha eng asosiy sayt. Bizning odamlar bu saytni qancha koʻp oʻqisa shuncha yaxshi-ku?! 2. soundcloud.com - menimcha, qanaqadir audiolar u yerda chiqqani uchun yopilgan. Lekin koʻp foydali podkastlar audio fayllarini shu saytga qoʻyishadi va men ularni VPN orqali yuklab olishimga toʻgʻri kelyapti. Shunaqa saytlar haligacha aholi uchun yopilishi, toʻgʻrisi, uyat! #uztelecom

Hashtags

IVA Technologies

@ivauc · Post #634 · 09/30/2025, 06:25 AM

Российские коммуникационные сервисы выходят на рынок Узбекистана Национальный оператор связи Узбекистана UZTELECOM и российская компания IVA Technologies подписали меморандум о сотрудничестве. Стороны договорились о запуске пилотных проектов в инфраструктуре UZTELECOM, включая внедрение единой платформы для корпоративных коммуникаций. Технологическое партнерство охватывает как on-premise, так и облачные форматы внедрения, что будет способствовать долгосрочной стратегии цифровизации региона. Максим Смирнов, заместитель генерального директора IVA Technologies, отметил: «UZTELECOM — крупнейший оператор Узбекистана, которому доверяют более 12 миллионов пользователей. То, что именно такой стратегический партнёр выбрал IVA Technologies — важное подтверждение конкурентоспособности и зрелости российских продуктов. Это сотрудничество позволит IVA Technologies усилить стратегию по выходу на международные рынки, а UZTELECOM — расширить свой портфель цифровых решений. Уверен, что наши совместные проекты создадут новый уровень цифровых коммуникаций для государственных структур и бизнеса Узбекистана, открывая новые возможности для делового взаимодействия». Фото: пресс-служба UZTELECOM. #IVA_Technologies#UZTELECOM

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #105 · 02/18/2019, 03:00 AM

Geografiya darsi Internetning ahamiyati Oʻzbekiston uchun muhimligi va kosmosni oʻrganishni boshlash haqida. Oʻzbektelekom tomorqasigayam tosh otilgan. https://farhodjon.uz/blog/geography-lesson/ #kosmos#uztelecom

Far·hod·jon

@farhodjon · Post #31 · 10/28/2018, 06:48 AM

Oʻzbekistonda YouTube ishlamayotgan paytda Vimeo servisi haqida unutmaymiz. Oʻziga xos original videolarni topish mumkin u yerda. Masalan, menga juda yoqadigan “The Sandpit” videosida muallif Nyu-Yorkdagi bir kunni “timelapse” usulida tasvirga olgan. Vimeo komandasi tomonidan tanlab olinadigan “Staff Picks” ruknida juda koʻp ajoyib videolar yigʻilgan. “Travel”, “Documentary”, “Arts & Design” ruknlarini qarab koʻrishni ham tavsiya qilaman. Menga yoqqan videolar: Move, Vicious Cycle, X-STORY, Enter Pyongyang, The Third & The Seventh, Watchtower of Turkey. #video#uztelecom