TGINSIGHT CHAT
Milliy meros
@termizmuzey
EducationSurxon vohasi milliy merosi va "Termiz" davlat muzey-qo‘riqxonasining telegram kanali
Recent posts
Page 1 of 69 · 824 posts
Posted Apr 24
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-apreldagi 55-son bayoni hamda viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish qarorlariga muvofiq, joriy yil aprel oyida Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali”ni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur festival doirasida “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida ham belgilangan rejaga muvofiq qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, 2026-yil 22-aprel kuni muzey-qo‘riqxonada R.Choriyev nomidagi maktab-internati bitiruvchi o‘quvchilarining “Kelajak nigohida” nomli ijodiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada yosh ijodkorlarning rangtasvir, grafika va amaliy san’at yo‘nalishlaridagi ishlari namoyish etilib, ularning iste’dodi, ijodiy qarashlari va kelajak haqidagi tasavvurlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. 🏛️@termizmuzey
Posted Apr 21
📍 “Termiz” davlat muzey- qo‘riqxonasida yana bir unutilmas ijodiy lahza! Maktab internati mutaxassislik fan o‘qituvchisi Jabborova Dilfuza rahbarligida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan “Rangli bolalik” nomli ijodiy ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada bolalarning rang-barang tasavvuri, beg‘ubor nigohi va ijodiy yondashuvi aks etgan asarlar namoyish etildi. Har bir ishda bolalikning samimiyligi va orzular olami yorqin ifodasini topgan. Mazkur tadbir yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi. @termizmuzey
Posted Apr 18
Posted Apr 17
🏛️ “Termiz “davlat muzey-qo‘riqxonasi Balansidagi Qora tepa qadimiy yodgorligi Qora tepa — qadimiy Buddaviy monastir majmuasi bo‘lib, milodiy I–IV asrlarga oid. Bu yerda qadimda buddaviylik dini rivoj topgan, rohiblar yashab, ibodat qilgan. Arxeologik qazilmalar natijasida devoriy suratlar, haykallar va qadimiy yozuvlar topilgan. Qora tepa Termizning boy tarixiy merosini aks ettiruvchi muhim maskanlardan biridir. 📹 Ushbu video orqali siz ushbu noyob obidaning tarixiga qisqacha nazar tashlaysiz.
Posted Apr 16
🌐E’lon ✅ Madaniy meros agentligi tomonidan tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni raqamlashtirish, texnik nazoratdan o‘tkazish hamda ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlarida faoliyat yuritishni istagan yuqori malakali mutaxassislar uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi. Agentlik tomonidan quyidagi lavozimlar bo‘yicha mutaxassislar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi: 🟠AKTni joriy etish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi; 🟠Alohida muhofaza qilinadigan hamda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarni himoya qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi; 🟠Kadastr hisobini yuritish, obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi; 🟠Obyektlarni texnik nazoratdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i; 🟠Obyektlarni texnik nazoratdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi. 🔔 Arizalar joriy yilning 20-aprel kuni soat 23:59 ga qadar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali qabul qilinadi. 🚀Telegram🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube🌐Veb-sayt
Posted Apr 15
📚Kutubxonachilar haftaligi doirasida muhim tadbir bo‘lib o‘tdi Joriy yilning 15-aprel kuni 13–17-aprel kunlari o‘tkazilayotgan Kutubxonachilar haftaligi doirasida Toshkent viloyati, Toshkent shahridagi “Bilim” axborot-kutubxonasida “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan “Bir asrlik kutubxona tarixi” mavzusida taqdimot tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida kutubxonachilik sohasining rivojlanish bosqichlari, tarixiy merosni asrash va targ‘ib etishdagi kutubxonalarning o‘rni, shuningdek, bir asr davomida shakllangan boy tajriba va an’analar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, taqdimot jarayonida “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasining faoliyati, uning boy tarixiy fondi, madaniy merosni asrash va keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi ishlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi. 🏛️@termizmuzey
Posted Apr 14
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi "Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi" nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Manba: "Dunyo" AA 🚀Telegram🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube🌐Veb-sayt
Posted Apr 13
📚 “Termiz “davlat muzey-qo‘riqxonasida kitobxonlik jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi amalda o‘z aksini topmoqda. “Termiz “davlat muzey-qo‘riqxona xodimlari muzey kutubxonasida faol tarzda kitob mutolaa qilmoqda. Mazkur jarayon xodimlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, bilim va tafakkurni boyitish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Kitobxonlik — taraqqiyot va yuksalish garovi ekanini yana bir bor amalda ko‘rish mumkin. 📖 Siz ham kitob o‘qing, bilim oling va rivojlaning 🏛️@termizmuzey
Posted Apr 9
📍 Jarqo‘rg‘on minorasi – tariximizning bebaho durdonasi Termiz davlat muzey-qo‘riqxonasi balansida saqlanayotgan Jarqo‘rg‘on minorasi o‘zining betakror me’morchiligi va boy tarixi bilan alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu tarixiy obida qadimiy ajdodlarimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va san’atini yaqqol namoyon etadi. 🕌 Tarixni asrash va uni kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir. Shunday ekan, milliy merosimizni birgalikda qadrlaylik!
Posted Apr 8
Хоразмда ҳайкални ўпган аёл жаримага тортилди Сурхондарёда яшовчи аёл Хивага саёҳатга борган. У Ичанқалъадаги ҳайкаллардан бирини ўпиб, тасвирга олган ҳамда ижтимоий тармоқдаги ўз саҳифасига жойлаштирган. Аёлнинг ҳаракати моддий маданий мерос объектларига нисбатан ҳурматсизлик деб баҳоланди. Унга суд қарори билан 2 млн 60 минг сўм жарима тайинланган. 👉https://kun.uz/kr/26812300 Kun.uz расмий канали
Posted Apr 8
#tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Mazkur tayinlov munosabati bilan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Kuziyev Tursunali Karimjanovich boshqa ishga o‘tishi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘liga yangi lavozimida samarali faoliyat yuritib, mamlakatimiz madaniy merosini asrash va rivojlantirish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz. #назначение В соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан, Нажимов Элмурод Икболжон угли назначен на должность первого заместителя директора Агентства культурного наследия Республики Узбекистан. В связи с данным назначением Кузиев Турсунали Каримжанович, ранее занимавший указанную должность, освобождён от неё в связи с переходом на другую работу. Желаем Нажимову Элмуроду Икболжон угли успешной деятельности на новой должности и больших успехов в деле сохранения и развития культурного наследия нашей страны. 🚀Telegram🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube🌐Veb-sayt
Hashtags
Posted Apr 8
📢Rasmiy axborot “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Biz kim mulki Turon!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. 📅 Joriy yilning 7-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🧠 Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etishdi. 🤝 Tadbir yakunida faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi. @termizmuzey