TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
uzsd.uz channel avatar

TGINSIGHT CHAT

uzsd.uz channel

@uzsduz

Blogs

O'zbekiston karlar jamiyati blogi / Блог общества глухих Узбекистана

Subscribers899Current channel subscribers
Tracked posts1,011Indexed post count
Recent reach4,514Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 1 of 85 · 1,011 posts

Posted Apr 19

🧏 Stereotiplar, stereotiplar, stereotiplar… Javohir Sindarov haqida yozmagan nashr, yozmagan post qolmadi. Ayni damda butun dunyo nashri Javhirni tilga olmoqda. Men ham qo‘shimcha qilmoqchiman. Do‘stimiz, o‘smirlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni (2004…

262 views

Posted Apr 19

🧏Стереотипы, стереотипы, стереотипы… Сейчас о Жавохире Синдарове обсуждают и пишут все. Хочу тоже добавить. Думаю, не все знают нашего друга Сирожиддина Зайнидинова – двукратного чемпиона мира среди подростков (2004, Маленте, Германия; 2008, Санкт-Галлен, Швейцария), победителя шахматной Олимпиады (2018, Манчестер, Великобритания), победителя и призера множества международных турниров. Сирожиддин является основателем шахматной школы «Sport – friendship – victory»♟, где многие известные шахматисты сделали свои первые шаги. Среди них – Жавохир Бозоров, Иброхим Жуманазаров, Одина Олимова, Умида Омонова, Хумоюн Бекмуродов и, конечно, братья Жавохир и Исломбек Синдоровы. Все они начали свой путь именно в школе «Sport – friendship – victory» под руководством Сирожиддина и его сестры – тренера высшей категории Сабохат Зайнидиновой. Почему я об этом говорю? Сирожиддин Зайнидинов – призер и победитель соревнований среди глухих, сам он не слышит. Однако это никак не мешает ему быть отличным наставником. Когда некоторые родители узнают, что тренер не слышит, у них возникают сомнения: как ребенок будет заниматься, как будет происходить общение? Подобные мысли и стереотипы, к сожалению, до сих пор распространены. Но это большая ошибка. Посмотрите на учеников, которых я упомянул выше – сегодня они входят в число лидеров шахматного мира. Особенно радует, что Жавохир Синдоров поражает мир своими рекордами. И, безусловно, в этом есть большая заслуга Сирожиддина. О Сирожиддине я узнал от своего коллеги, ныне главного редактора газет «Ma’rifat»-«Учитель Узбекистана» Хусана Нишонова. Он всегда проявлял большой интерес к шахматам и активно освещал эту тему на страницах издания. Его вклад в развитие узбекских шахмат также значителен – он автор книги «Золотое поколение узбекских шахмат», изданной в 2022 году. Получив его контакты, я отправился к Сирожиддину, чтобы написать статью. В 2013 году я побывал в шахматной школе «Sport – friendship – victory» в Сергелийском районе. Тогда Жавохир и Исломбек уже тренировались под его руководством. Как видно на фотографии, Сирожиддин обучает своего надежного ученика Жавохира – этот момент я тогда запечатлел на камеру. Сейчас сборная Узбекистана среди глухих активно готовится к чемпионату мира, который пройдет 6–15 мая в Испании. Несмотря на плотный график, победитель турнира претендентов Жавохир Синдоров встретился со своим наставником и посетил спортсменов, готовящихся к чемпионату, дав им важные рекомендации и мотивацию. Избавляйтесь от стереотипов. Если хотите с нуля обучить своих детей шахматам, рекомендую отдать их именно в школу «Sport – friendship – victory». Сирожиддин – не только добрый наставник, но и строгий требовательный тренер. Подписывайте/Obuna bo‘ling: @uzsduz

274 views

Posted Apr 19

🧏 Stereotiplar, stereotiplar, stereotiplar… Javohir Sindarov haqida yozmagan nashr, yozmagan post qolmadi. Ayni damda butun dunyo nashri Javhirni tilga olmoqda. Men ham qo‘shimcha qilmoqchiman. Do‘stimiz, o‘smirlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni (2004, Malente, Germaniya; 2008, Sant Galen, Shveysariya), shaxmat olimpiadasi g‘olibi (2018, Manchester, Buyuk Britaniya) va ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori Sirojiddin Zaynidinovni ko‘pchilik tanimasa kerak. Sirojiddin “Sport – friendship – victory”♟shaxmat maktabiga asos solgan va ko‘plab nomdor shaxmatchilar ilk qadamni aynan Sirojiddinning maktabida boshlashgan. Shulardan Javohir Bozorov, Ibrohim Jumanazarov, Odina Olimova, Umida Omonova, Xumoyun Bekmurodov va albatta aka-uka Javohir va Islombek Sindarovlarilk qadamini aynan “Sport – friendship – victory” shaxmat maktabida, Sirojiddin va uning singlisi, oliy toifali murabbiy, Saboxat Zaynidinova qo‘l ostida boshlashgan. Xo‘sh, men nega buni tilga olyapman? Sirojiddin Zaynidinov karlar o‘rtasida musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan, o‘zi eshitmaydi. Ammo maktabida ustozlik qilishda bu unga to‘siqlik qilmaydi. Ayrimlar farzandini ushbu maktabga olib borsa, murabbiyi eshitmasligini bilsa, tamom, xayoliga farzandi qanday bu maktabga boradi, qanday eshitmagan murabbiy bilan muloqot qiladi, degan xayollar o‘tishi tabiiy. Bunday xayol va stereotiplar ko‘pchilikda qolganini bilaman. Bu katta xato. Mana, Sirojiddin Zaynidinov qo‘l ostida ilk qadam qo‘ygan yuqorida tilga olgan sportchilar ayni damda shaxmat olamida yetakchilardan biri. Ayniqsa Javohir Sindarov rekordlari bilan dunyoni larzaga solayotgani quvonarli! Bunda, albatta Sirojiddinning ham hissasi katta. Men Sirojiddin Zaynidinov haqida hamkasbim, ayni damda “Ma’rifat”-“Учитель Узбекистана” gazetalari bosh muharriri Husan aka Nishonovdan bilib olgandim, o‘shanda Husan aka ko‘proq shaxmatga qiziqardi va gazeta sahifalarida shaxmat haqida ko‘proq yoritib borardi. Husan Nishonovni ham o‘zbek shaxmatiga qo‘shgan hissasi katta, 2022-yili nashr qilingan “O‘zbek shaxmatining oltin avlodi” kitobi muallifidir. Husan akadan kontaktini olib, maqola yozish maqsadida Sirojiddinni qidirib borganman. 2013-yili Sergeli tumanida joylashgan “Sport – friendship – victory” shaxmat maktabiga borganimda Javohir va Islombeklar ham Sirojiddin qo‘l ostida shug‘ullanishayotgan edi. Suratda ko‘rib turganingizdek asosiy rasmda ham Sirojiddin ishonchli shogirdi Javohirga shaxmat sirlarini o‘rgatyapti, men o‘shanda kameraga muhrlab qo‘ygandim. Ayni damda O‘zbekiston karlar terma jamoasi 6–15-may kunlari Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan karlar o‘rtasida jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kecha nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov vaqti tig‘iz bo‘lishiga qaramay ustozi bilan ko‘rishib, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamiyatimiz sportchilari bilan uchrashdi va muhim tavsiyalar berdi. Stereotiplardan xalos bo‘ling, farzandlaringizga “0”dan boshlab shaxmat sirlarini o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz, aynan “Sport – friendship – victory” shaxmat maktabiga berishni tavsiya qilaman! Sirojiddin nafaqat mehribon ustoz, shu bilan qattiqqo‘l murabbiy hamdir. Подписывайте/Obuna bo‘ling: @uzsduz

388 views

Posted Apr 12

DIQQAT, HADYA QILINADI! 🚴‍♀️ 7–10 yoshli bolalar velosipedi yaxshi holatda hadya qilinadi. Olib ketish o‘zingizdan. Murojaat uchun @akhlidinov ga yozing. Birinchi murojaat qilganga beriladi. ❗️❗️❗️ VELOSIPED O‘Z EGASINI TOPDI! *** ВНИМАНИЕ! ОТДАЕТСЯ…

341 views

Posted Apr 12

DIQQAT, HADYA QILINADI! 🚴‍♀️ 7–10 yoshli bolalar velosipedi yaxshi holatda hadya qilinadi. Olib ketish o‘zingizdan. Murojaat uchun @akhlidinov ga yozing. Birinchi murojaat qilganga beriladi. ❗️❗️❗️VELOSIPED O‘Z EGASINI TOPDI! *** ВНИМАНИЕ! ОТДАЕТСЯ В ПОДАРОК! 🚴‍♀️ Детский велосипед (7–10 лет) в хорошем состоянии. Отдаeтся бесплатно. Самовывоз. Для обращения пишите @akhlidinov . ❗️❗️❗️ВЕЛОСИПЕД НАШЕЛ ХОЗЯИНА! Подписывайте/Obuna bo‘ling:@uzsduz

333 views

Posted Apr 1

🔘OCHIQ MULOQOT Ekspertlar fikri | Inklyuziya vaqti | Sport va imkoniyat 🖐 Kanalimizda mahallalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari oldidan, sohadagi yetakchi mutaxassis va ekspertlar…

446 views

Posted Apr 1

🔘OCHIQ MULOQOT Ekspertlar fikri | Inklyuziya vaqti | Sport va imkoniyat 🖐Kanalimizda mahallalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida o‘tkaziladigan “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalari oldidan, sohadagi yetakchi mutaxassis va ekspertlar ishtirokida ovozli chat tashkil etilmoqda. 🔘Ushbu muloqot davomida quyidagi muhim masalalar bo'yicha so'z boradi: 🔍inklyuziv sportni rivojlantirish; 🔍mahallalarda sportni ommalashtirish; 🔍nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar; 🔍mavjud muammolar va ularning yechimlari; 🔍“Besh tashabbus paralimpiadasi” — 100 ming ishtirokchi, 100 ming taqdir; 🔍 Shuningdek, muloqot yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar beriladi. ✈️ Spikerlar: 🔍Jasur Jumayev — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati; 🔍Davron Xidirov — O‘zbekiston Karlar sporti federatsiyasi raisi; 🔍Mirsaid Muxtorov — nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari bo‘yicha mustaqil ekspert; 🔍 Ubaydulla Imomqulov — para kamondan otish bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi; surdo tarjimon — E’zoza Axmedova. 🔍Barchani ushbu muhim muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz! #ovozli_chat#besh_tashabbus ✈️@anvar_mursakulov

410 views

Posted Mar 30

O‘zbekistonda imo-ishora tili jonli va doimiy rivojlanib boruvchi bo‘lib, endilikda uning “SharoitPlus” NNT jamoasi tomonidan yaratilgan dolzarb lug‘ati ham bor. Uchrashuvda imo-ishora tilining tuzilishi va uni o‘rganishga yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar…

417 views

Posted Mar 30

O‘zbekistonda imo-ishora tili jonli va doimiy rivojlanib boruvchi bo‘lib, endilikda uning “SharoitPlus” NNT jamoasi tomonidan yaratilgan dolzarb lug‘ati ham bor. Uchrashuvda imo-ishora tilining tuzilishi va uni o‘rganishga yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida suhbatlashamiz hamda 10 ta tayanch so‘zni o‘zlashtirib olamiz. Ishtirokchilar: Mamur Axlidinov — imo-ishora.uz loyihasi eksperti Dilmurod Yusupov — “SharoitPlus” NNT loyihalari rahbari Gulnora Maxkamova — “SharoitPlus” NNT loyiha O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni E’zoza Axmedova — “SharoitPlus” NNT loyiha O‘zbek imo-ishora tili tarjimoni Majlis moderatori: Shahobiddin Rasulov — jurnalist va muharrir Muloqot tili: o‘zbek imo-ishora tili, o‘zbek tili ~~~ Жестовый язык в Узбекистане живой и подвижный, и теперь у него появился актуальный словарь, созданный командой ННО SharoitPlus. На встрече поговорим о том, как устроен жестовый язык и какие современные технологии помогают его изучать, и освоим 10 базовых слов. Участники: Мамур Ахлидинов – эксперт проекта imo-ishora.uz Дильмурад Юсупов – руководитель проектов ННО SharoitPlus Гульнора Махкамова — переводчик узбекского жестового языка проектов ННО SharoitPlus Эъзоза Ахмедова – переводчик узбекского жестового языка проектов ННО SharoitPlus Модератор встречи: Шахобиддин Расулов – журналист и редактор Язык: узбекский жестовый язык, узбекский

315 views

Posted Mar 29

Kechikkan va’da tarixi Yanglishmasam, 2005-yil edi. Samarqandning Payariq tumaniga ko‘chib kelgan qo‘shnimizning katta o‘g‘li (Alloh rahmat qilsin, zo‘r yigit edi) Rossiyada baxtsiz hodisa tufayli vafot etgandi. Men poytaxtdan Jizzax viloyatiga borib, onam va yana bir qo‘shnimiz bilan tanishimizning mashinasida, ularning holidan xabar olish uchun yo‘l oldik. Qaytishda onam yo‘lda Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi shu tomonda ekanini aytib, kirib o‘tsak degandi. Men esa o‘sha payt yoshlik qildimmi, Toshkentga qaytishim kerakligini, kech qolsam taksi topish qiyin bo‘lishini aytgandim. Shunda onamga: “Nasib qilsa, o‘zim mashina olsam sizni shu ziyoratgohga o‘z mashinamda olib kelaman”, deb va’da berdim. Onam esa indamay “mayli” dedi. Yo‘l davomida esa bir savol meni qiynadi: men haqiqatan ham mashina ola olamanmi? Va’damni bajara olamanmi? Oradan yillar o‘tdi. Mashina haydab yurganimga ham ancha bo‘ldi, ammo ish-tashvishlar ko‘payib, onamga bergan va’damni ortga suraveribman. O‘tgan oy onam mehmon bo‘lib kelgandi. Shunda: “Nasib qilsa, keyingi oy – Ramazon hayiti va Navro‘z arafasida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga olib boraman”, deb yana va’da bergandim. Qarabsizki, qo‘shaloq bayram arafasida majmua ham rasman ochildi va biz ertasi kuniyoq u yerga borishga muvaffaq bo‘ldik. Majmua chiroyli qilib kengaytirilgan. Bu haqda alohida yozish kerak. Mana, va’dalarimdan birini bajardim. Ammo hali bajarilishi kerak bo‘lgan boshqa va’dalarim ham bor… *** История запоздалого обещания Если не ошибаюсь, это был 2005 год. Старший сын нашего соседа, переехавший в Пайарыкский район Самаркандской области (пусть Аллах помилует его, очень хороший парень был), погиб в России в результате несчастного случая. Я из столицы отправился в Джизакскую область и вместе с матерью и еще одной соседкой поехали на машине знакомого навестить их и выразить соболезнования. На обратном пути мама сказала, что по дороге находится комплекс Имама аль-Бухари, и предложила заехать туда. Но я тогда, наверное, по молодости, сослался на то, что мне нужно вернуться в Ташкент, и если задержусь, будет трудно найти такси. Тогда я пообещал маме: «Когда у меня появится своя машина, я сам привезу вас в это священное место». Мама сказала "ладно". Всю дорогу меня мучил один вопрос: смогу ли я действительно купить машину? Смогу ли сдержать свое обещание? Прошли годы. Я уже давно езжу за рулем, но из-за повседневных забот все откладывал выполнение данного маме обещания. В прошлом месяце мама приезжала к нам в гости. Тогда я сказал: “Если будет угодно Всевышнему, в следующем месяце – накануне Рамазан хайита и Навруза отвезу вас в комплекс Имама аль-Бухари”, снова дал обещание. И вот, как оказалось, накануне этих двух праздников комплекс был официально открыт, и уже на следующий день нам удалось туда поехать. Комплекс красиво расширили и благоустроили. Об этом надо писать отдельно. Вот так, выполнил одно из своих обещаний. Но впереди еще есть другие обещания, которые мне предстоит сдержать… Подписывайте/Obuna bo‘ling:👉@uzsduz👈

373 views

Posted Mar 24

KO'RGAZMADA KUTAMIZ Kar va zaif eshituvchi yoshlarning navbatdagi foto ko'rgazmasiga taklif etamiz. Unda siz Andijon, Namangan, Farg'ona, Surxondaryo hamda Toshkent shahridan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlaridan, hamda Murodbek Yusuf va Mariya Malinovskayaning…

563 views

Posted Mar 24

KO'RGAZMADA KUTAMIZ Kar va zaif eshituvchi yoshlarning navbatdagi foto ko'rgazmasiga taklif etamiz. Unda siz Andijon, Namangan, Farg'ona, Surxondaryo hamda Toshkent shahridan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlaridan, hamda Murodbek Yusuf va Mariya Malinovskayaning O‘zbekistonlik sportchilarning 2025yilgi Surdlimpiada o‘yinlaridagi ishtiroki aks etgan ijod namunalari bilan tanishishingiz mumkin. Ko'rgazmaning ochilish vaqti 26-mart, 15:00 Manzil: Toshkent Fotosuratlar Uyi; 👉🏻 obuna bo'ling - Telegram | Instagram | Facebook | LinkedIn | X | YouTube

392 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
PreviousPage 1 of 85Next