Post content
#PDAC_2026 #Uzbekistan_Day ⚡️⚡️PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day”: O‘zbekistonning Mine-Metal-Market modeli global e’tiborda “Uzbekistan Day”. Kanadaning Toronto shahrida ish boshlagan dunyoning eng nufuzli tog‘-kon va geologiya platformalaridan biri – PDAC-2026’da O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati xalqaro auditoriyaga namoyish etildi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshchiligida tashkil etilgan “Uzbekistan Day” tadbirida O‘zbekistonning geologik salohiyati, investitsion imkoniyatlari hamda Mine-Metal-Market to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan sanoat modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan, mamlakatning kritik minerallar salohiyatini namoyish etuvchi ilk va yagona kombinat — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati rahbariyati, maslahatchilari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. 🌎 “Uzbekistan Day” ko‘plab xalqaro kompaniyalar va soha mutaxassislarining e’tiborini tortib, katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda 200 ga yaqin kompaniya va institut vakillari, jumladan, Alpha Bronze, xalqaro muhandislik giganti AtkinsRéalis, AGT Systems NA, aerogeofizik xizmatlar bo‘yicha yetakchi Xcalibur, Speyside, Global Mining Capital Corp, Freedom Capital Markets kabi yirik kompaniyalar rahbariyati, AQSh Geologiya xizmati (USGS) hamda Yevropa Komissiyasining kritik xomashyo siyosati yo‘nalishi bo‘yicha vakillari va shu kabi qator nufuzli kompaniya az’olari ishtirok etdi. Tadbir davomida spikerlar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi konlarni o‘zlashtirish, nodir va texnologik metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar namoyish etildi. ✅ Tadbir doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va xalqaro savdo-investitsiya va sanoat hamkorlik platformasi sifatida faoliyat yurituvchi kompaniya – OMAD International Inc. bilan memorandum imzolandi. Ushbu hujjat investitsiyalarni jalb etish, Kanada tog‘-kon kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shilgan qiymat yaratishga va barqaror sanoat rivojiga qaratilgan integratsiyalashgan qiymat zanjiri konsepsiyasi asosida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, kombinat tomonidan tog‘-kon va geologiya sohasida raqamli transformatsiya, innovatsion infratuzilma va texnoparklar rivojini ta’minlovchi kompaniya – Erdenes IT LLC bilan ham texnoparklarni tashkil etish va rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish, tog‘-kon, geologiya hamda xalqaro marketing yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik bilim almashinuvini kuchaytirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda chuqur qayta ishlash va tijoratlashtirish uchun mustahkam ekotizim yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. Mazkur kelishuvlar O‘zbekistonning geologik salohiyatini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, global bozorda raqobatbardosh sanoat mahsulotlariga aylantirishga qaratilganMine-Metal-Market modelinixalqaro miqyosda izchil ilgari surish hamda mamlakatni kritik minerallar global qiymat zanjirining muhim bo‘g‘iniga aylantirish yo‘lidagi qat’iy yondashuvini yana bir bor tasdiqlaydi. 🫥🫥🫥 🔗In English 🔗На русском языке 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram