TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← “OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Kikin willakuy tariy

Paqariy kanal @uztmk_official · Post #4041 · 2 Mar

#PDAC_2026 #Uzbekistan_Day ⚡️⚡️PDAC-2026 doirasida “Uzbekistan Day”: O‘zbekistonning Mine-Metal-Market modeli global e’tiborda “Uzbekistan Day”. Kanadaning Toronto shahrida ish boshlagan dunyoning eng nufuzli tog‘-kon va geologiya platformalaridan biri – PDAC-2026’da O‘zbekistonning kritik minerallar salohiyati xalqaro auditoriyaga namoyish etildi. 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshchiligida tashkil etilgan “Uzbekistan Day” tadbirida O‘zbekistonning geologik salohiyati, investitsion imkoniyatlari hamda Mine-Metal-Market to‘liq qiymat zanjiriga asoslangan sanoat modeli xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi. Tadbirda O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan, mamlakatning kritik minerallar salohiyatini namoyish etuvchi ilk va yagona kombinat — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati rahbariyati, maslahatchilari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. 🌎 “Uzbekistan Day” ko‘plab xalqaro kompaniyalar va soha mutaxassislarining e’tiborini tortib, katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirda 200 ga yaqin kompaniya va institut vakillari, jumladan, Alpha Bronze, xalqaro muhandislik giganti AtkinsRéalis, AGT Systems NA, aerogeofizik xizmatlar bo‘yicha yetakchi Xcalibur, Speyside, Global Mining Capital Corp, Freedom Capital Markets kabi yirik kompaniyalar rahbariyati, AQSh Geologiya xizmati (USGS) hamda Yevropa Komissiyasining kritik xomashyo siyosati yo‘nalishi bo‘yicha vakillari va shu kabi qator nufuzli kompaniya az’olari ishtirok etdi. Tadbir davomida spikerlar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi konlarni o‘zlashtirish, nodir va texnologik metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli loyihalar, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar namoyish etildi. ✅ Tadbir doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va xalqaro savdo-investitsiya va sanoat hamkorlik platformasi sifatida faoliyat yurituvchi kompaniya – OMAD International Inc. bilan memorandum imzolandi. Ushbu hujjat investitsiyalarni jalb etish, Kanada tog‘-kon kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shilgan qiymat yaratishga va barqaror sanoat rivojiga qaratilgan integratsiyalashgan qiymat zanjiri konsepsiyasi asosida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, kombinat tomonidan tog‘-kon va geologiya sohasida raqamli transformatsiya, innovatsion infratuzilma va texnoparklar rivojini ta’minlovchi kompaniya – Erdenes IT LLC bilan ham texnoparklarni tashkil etish va rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish, tog‘-kon, geologiya hamda xalqaro marketing yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hamkorlik bilim almashinuvini kuchaytirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda chuqur qayta ishlash va tijoratlashtirish uchun mustahkam ekotizim yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. Mazkur kelishuvlar O‘zbekistonning geologik salohiyatini yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, global bozorda raqobatbardosh sanoat mahsulotlariga aylantirishga qaratilganMine-Metal-Market modelinixalqaro miqyosda izchil ilgari surish hamda mamlakatni kritik minerallar global qiymat zanjirining muhim bo‘g‘iniga aylantirish yo‘lidagi qat’iy yondashuvini yana bir bor tasdiqlaydi. 🫥🫥🫥 🔗In English 🔗На русском языке 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

Tarikuykunap

3 kikin willakuy tarisqa

Tukuy sunqupi maskay

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #4041 · 02-03-2026, 07:00 a.m.

@uztmk_official · Post #4051 · 02-03-2026, 03:45 p.m.

#PDAC_2026 #Uzbekistan_Day #Day1 🌎 PDAC-2026 doirasida o‘tkazilgan “Uzbekistan Day” — O‘zbekistonning global kritik minerallar arenasida tobora ortib borayotgan ahamiyati va integratsiyalashgan sanoat modelini xalqaro auditoriya kun tartibiga olib chiqdi. 🫥🫥🫥 🌎"Uzbekistan Day", held as part of PDAC-2026, showcased the nation's growing importance and integrated industrial model to an international audience in the global critical minerals arena. 🫥🫥🫥 🌎"Uzbekistan Day", проведенный в рамках PDAC-2026, представил международной аудитории растущее значение и интегрированную промышленную модель Узбекистана на глобальной арене критически важных минералов. 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #4053 · 03-03-2026, 12:12 p.m.

#PDAC_2026 #TMK#Day2 🌍 TMK: PDAC 2026 doirasida xalqaro muzokaralar PDAC 2026 xalqaro anjumani doirasida Kanada elchixonasi tashabbusi bilan roundtable uchrashuvi tashkil etildi. Unda TMK uchun maxsus sessiya ajratilib, kompaniya vakillari tomonidan strategik rivojlanish dasturi, investitsiya loyihalari, Mine-Metal-Market integratsiyalashgan modeli hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, PDAC 2026 doirasida TMK stendi qator xorijiy kompaniyalar, investitsiya institutlari va diplomatik vakolatxonalar uchun faol muzokara maydoniga aylandi. Delegatsiya vakillari tomonidan bir nechta xalqaro hamkorlar bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. 🧊Xususan, bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari ko'rib chiqildi: 👆Geologiya va konchilik sohasida xalqaro tajriba almashinuvi hamda texnik maslahat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish; 👆Investitsiya va ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini tashkil etish; 👆Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va institutsional hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish; 👆Xalqaro biznes aloqalarini kengaytirish; 👆Geologik modellashtirish va resurslarni baholash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni joriy etish. ✅ Mazkur muzokaralar TMKning global maydondagi pozitsiyasini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va strategik loyihalarni xalqaro darajada ilgari surish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. 🫥🫥🫥 🔗In English 🔗На русском языке 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram