TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 云游Cloud|40%AFF诚招推广|永久免费

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @yunucloud_Channels · Post #21 · Aug 10

#通知 即日起,每次刷屏扣除30积分。

Hashtags

Results

1 similar post found

Search: #globalranking

当前筛选 #globalranking清除筛选

4 ta oliygoh fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 roʻyxatida! Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject” – fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatdan 4 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk marotaba fan reytingidan joy oldi. 📊Reytingga kirgan OTMlar va natijalar: ➖ TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 401-500; ➖ O‘zbekiston milliy universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari boʻyicha – 801-1000; ➖ Toshkent davlat texnika universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 501-600, shuningdek, muhandislik fanlari boʻyicha – 801-1000; ➖ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ta’lim – 601-800, muhandislik – 801-1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari boʻyicha – 1001+. Ma’lumot uchun, “Times Higher Education” fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish, 148 ta fan kesimida baholaydi. Bu natijalar so‘nggi yillarda muhandislik, axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlar rivojiga qaratilgan tizimli e’tiborning amaliy samarasi bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’limi xalqaro maydonda tobora mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. #THE_2026#GlobalRanking#IlmFan Bizni kuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram