#bahor
Assalomu aleykum!
Kanalimiz a'zolari mana qish ham tugab bahor keldi😅
Bahorda hammaga omad tilab qolamiz !
Biz ham sizga yangi loyihalar taqdim etishga harakar qilamiz!
@codelesson
#Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik
Andijon viloyatida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish, bu borada suv olish inshootlarida bahor - yoz mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilganligini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. "Andijon suv ta'minoti" AJ hamda Qurilish va uy-joy kommunal xizmati sohasini nazorat qilish inspepktsiyasining Andijon viloyat hududiy bo‘limi igtirokida bo‘lib o‘tgan bu galgi tadbirda Xo‘jaobod tumanidagi "Munduz" suv olish inshooti o‘rganildi.
Ushbu Inshoot bir sutkada 12 ming kub metr ichimlik suvi yetkazib berish quvvatiga ega. Olib borilgan ta'mirlash va modernizatsiya ishlaridan so‘ng 26 ta eski va 10 ta yangi quduq samarali faoliyat yuritib, “Mustaqillikning 21 yilligi”, “Mustaqillikning 30 yilligi”, “Xidirsha” kabi mahallalarga kunu-tun uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berilishi ta'minlanmoqda.
"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
|Website|
🗝Cabinet
|🤖Bot|😄Telegram
|
💬Facebook|
🌐Instagram
|
📹YouTube |
🕊X
|💬Chat |
✅TikTok
#Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik
Xo‘jaobod tumanida joylashgan "Munduz" suv olish inshootida bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Inshoot bir sutkada 12 ming kub metr ichimlik suvi yetkazib berish quvvatiga ega. Olib borilgan ta'mirlash va modernizatsiya ishlari natijasida 26 ta eski va 10 ta yangi quduq samarali faoliyat yuritib, “Mustaqillikning 21 yilligi”, “Mustaqillikning 30 yilligi”, “Xidirsha” kabi mahallalarga kunu-tun uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berilishi ta'minlanmoqda.
"Andijon suv ta'minoti" AJ axborot xizmati
|Website|
🗝Cabinet
|🤖Bot|😄Telegram
|
💬Facebook|
🌐Instagram
|
📹YouTube |
🕊X
|💬Chat |
✅TikTok
🌸Bugun tunda, kelarmish bahor…
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzun qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,
To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni –
Tushda boshing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yomg‘irlarin yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...
#Bahor
#bahor
Assalomu aleykum!
Kanalimiz a'zolari mana qish ham tugab bahor keldi😅
Bahorda hammaga omad tilab qolamiz !
Biz ham sizga yangi loyihalar taqdim etishga harakar qilamiz!
@codelesson
💐“Salqin saharlarda, bodom gulida...” — Bugun bahor va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!
1-mart — taqvimda bahorning ilk kuni bo‘lishi bilan birga, millatimizning ardoqli shoirasi, sadoqat va nafosat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi hamdir.
Shoira o‘zining betakror ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga nafaqat bahorning tarovatini, balki ayol qalbidagi yuksak matonat va muhabbatni ham olib kirdi. Uning har bir misrasi bugun ham qizlarimiz uchun haqiqiy ma’naviyat va hayo maktabi vazifasini o‘tamoqda.
🌷Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘lgan barcha iqtidorli qizlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!
#Zulfiyaxonim#Bahor
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Shu kunlarda yurtimizdagi oʻzgacha goʻzallik va yashillik, bu – tabiatning betakror moʻjizasi boʻlmish Navroʻzi olamdan darak.
Bir necha ming yillik tarixga ega Navroʻz – donishmand xalqimizning mehr-oqibat, saxovat, bagʻrikenglik, insonlarni ezgulikka chorlovchi bebaho qadriyati demakdir.
Navroʻzning yuzaga kelishi koinot hamda tabiat sirlari va qonunlariga, yaʼni quyoshning Xamal burjiga kirishi, kun va tunning vaqt jihatdan barobar boʻlishi, bahorning kelishi, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliqdir.
Har safar yangilanish va yasharish bayramini ezgu istaklar, musaffo orzular bilan kutib olishga oshiqishimiz ham bejiz emas. Navroʻz barchani murodbaxsh manzillarga, inson qalbiga quvonch ulashishga undayveradi.
Navroʻz bir jihatdan xalqimizning goʻzal maʼnaviy dunyoqarashini, yaratuvchilik anʼanalarini namoyon etsa, yana bir tomondan toʻkislik, moʻl-koʻlchilikka umidvorlik va ertangi kunga ishonch tuygʻularini ifodalaydi.
Xalqimiz kayfiyatida oʻzgacha ruh va kayfiyat bilan aks etayotgan Navroʻz ayyomi bilan Sizlarni chin yurakdan muborakbod etaman!
Xonadoningizga qut-baraka va baxtu-saodat, boshlagan ezgu ishlaringizga omad yor bo’lishini tilayman!
#Navruz#bahor
@tanzilanarbaeva
💐“Salqin saharlarda, bodom gulida...” — Bugun bahor va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun!
1-mart — taqvimda bahorning ilk kuni bo‘lishi bilan birga, millatimizning ardoqli shoirasi, sadoqat va nafosat timsoli Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligi hamdir.
Shoira o‘zining betakror ijodi bilan o‘zbek she’riyatiga nafaqat bahorning tarovatini, balki ayol qalbidagi yuksak matonat va muhabbatni ham olib kirdi. Uning har bir misrasi bugun ham qizlarimiz uchun haqiqiy ma’naviyat va hayo maktabi vazifasini o‘tamoqda.
🌷Zulfiyaxonim izdoshlari bo‘lgan barcha iqtidorli qizlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!
#Zulfiyaxonim#Bahor
Tilimizda fasl otlari
Hozirgi o'zbek tilida 4 faslning ismlaridan #bahor asli fors tilidan kirib kelgan. Bahordan tashqari ko'klam ham deyilsa-da, qadimda tilmizda bu ot ham bo'lmagan.
Fasl nomlari navbati bilan quyidagicha bo'lgan: yaz, yay, küz, qïş.
Biz hozir yilning eng issiq fasli uchun ishlatuvchi #yoz so'zining asl ma'nosi "bahor"dir. "Yoz" ma'nosida esa "yay" (yoy) so'zi ishlatilgan.
🌺 Aziz va mo’tabar ayollarimizni 8-mart bayrami bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
Hayotingiz doimo go'zal, yorqin va quvonchli bo'lsin, qalbingizda esa bahor doimo gullab-yashnasin.
_______
🌺 Всех представительниц прекрасной половины мы от всей души поздравляем с праздником 8 Марта.
Пусть Ваша жизнь будет красивой, яркой и позитивной, а на душе всегда цветет весна.
#Artel#Bayram#Bahor