TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Dev Determination

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find lignende indhold

Kildekanal @devdetermination · Post #21 · 19. jun.

Занимательный факт Как оказывается одно из наших устройств было расположено посреди популярного маршрута у бегунов. Люди пробегая мимо останавливались возле устройства, чтобы повысить свою решимость и избавиться от чувства усталости #redev#determination#device#hitechnology

Resultater

1 lignende opslag fundet

Søg: #boboy

当前筛选 #boboy清除筛选
Etimologiya burchagi

@etimologiya_burchagi · Post #93 · 28.05.2024, 18.52

Tog’a va domla so’zlarining ildizidagi umumiylik #Dada(#doda) so’zining etimologiyasini ochiqlar ekan, katta ma’nosini bildiruvchi ta so’zi haqida aytib o’tdik. Bu so’z qarindosh-urug’chilik atamalaridan ota so’zidan tashqari og’a (ağa) so’ziga ham kelgan: ta+ağa. Huddi dada so’zida bo’lganidek bir a unlisi tushib qolishi natijasida tog’aga aylangan. Bu yergacha hammasi yetarlicha sodda, jo'n. Bilsangiz, Xorazmda #tog’a demaydilar, #doyideydilar. Shuningdek turkcha, ozarbayjoncha, turkmanchada ham dayı deyiladi. Bu ham tog’a so’zidan boshqasi emas. Bu so’zdagi evrilish quyidagicha bo’lgan: tağa so’ziga kichraytirish qo’shimchalaridan biri bo’lgan -y qo’shilgan. Bu qo’shimchaga yuqorida #boboy, #opoyo’rnaklari ham berildi. Tağay o'ziga +i qo’shimchasini olib kengaygan va tağayïga aylangan. O’g’uzlarning til xususiyatlaridan xabardor bo’lganlar biladiki, ularda so’z ichi va so’z oxiridagi ğ/g tovushlari tushib qoladi. Sarïğ o’rniga sarï, yalğan o’rniga yalan kabi. Qolaversa bizdagi so’z boshi t- o’g’uzlarda d-ga aylanadi. Natijada tağayï > taayï > dayı evrilishi yuzaga kelgan.