Inhalt
Qur’onda nomi zikr etilgan yagona ayol. Maryam Ertalab kanalda Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karimda nechta ayolning nomi to’g’ridan to’g’ri zikr etilgan? degan savol bilan murojaat qilgandim. Faqat bir ayolning ismi qayd etilgan: Iso payg’ambarning onasi Maryam. Boshqa hech qaysi ayolning ismi to’g’ridan to’g’ri zikr etilmasada, 20 dan ortiq ayolga ishoralar yozilgan. Ularni 2 guruhga bo’lish mumkin: 1-guruh biror-bir tarix va voqea eslatilganda ishoralari berilgan ayol-personaj. Bu guruhga 18 taga yaqin ayol kiradi. Masalan, Zakariyo payg’ambarning ayoli Qur’onning 3 – surasi Oli Imronning 40 oyatida: U dedi: “Rabbim, o’zim keksaygan, xotinim esa tug’mas bo’lsa, menga o’g’il qayoqdan bo’lsin?. Bu yerda ayol voqeaga bog’liq holda tilga olingan. 2-guruh iymon keltirganlarga ahloqiy timsollar namunasi. Ushbu toifada beshta ayol bor: 1. Momo Havo – birinchi ayol, tenglik ramzi, onalik ruhini aks ettirgan 2. UmmuMuso (Musoning onasi) – sabrli va xudoga inongan ona timsoli 3. Bilqis – Sabo yurtining malikasi, dono hukmdor ayol qiyofasida 4. Maryamning onasi – oliyjanoblik nasabi misolida 5. Maryam - barcha fazilatlarning egasi. kanalning linki📲 https://t.me/Uzbekxonim