TGINSIGHT CHAT
Oʻzbekoyim
@Uzbekxonim
Bildung“Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori, PhD, dotsent Hilola Nazirovaning shaxsiy kanali
Aktuelle Beiträge
S. 1 von 38 · 451 Beiträge
Gepostet vor 8 Tagen
#auditoriyamiz_afsonalari Umrlar bo‘ladiki, Tirigida o‘likdir. O‘limlar bo‘ladiki, O‘lgan odam tirikdir. Maqsud Shayxzoda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ta’lim olgan, faoliyat yuritgan buyuk shaxslar, ilm-fan fidoyilarini sizlarga eslatib, ma’lumot berishda davom etamiz. “Auditoriyamiz afsonalari” ruknida tayyorlagan navbatdagi videomiz qahramoni yozuvchi Maqsud Shayxzoda. Badiiy adabiyotni sevgan kitobxonlar ozar va o’zbek xalqining farzandi, atoqli shoir va dramaturg Maqsud Shayxzoda ijodini yaxshi biladi, asarlarini sevib oʻqigan. Ijodkor hayotining bir qismini universitetimizda talabalarga saboq berish bilan oʻtkazgani esa biz uchun haqiqiy faxrga arzigulik tarixiy fakt. Maqsud Shayxzodaning universitetimizdagi ustozlik davrlari haqida shogirdlari yozib qoldirgan xotiralarni jonlantirdik. Nazarimda, bu talabalarimiz uchun ham, pedagoglarimiz uchun ham ibratli va ma’rifiy ahamiyatga ega. Koʻring va baho bering. Video sun’iy idrok yordamida tayyorlandi. Keyingi video kim haqida boʻlishini istaysiz, izohlarda yozing. @hilola_umarova
Hashtags
Gepostet vor 10 Tagen
Bugun yurtimizdagi minglab yoshlar uchun hayajonli va unutilmas kun - “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglagan, bolalik bilan xayrlashib, orzular sari ilk qadam qo‘yiladigan kun. Bu sana men uchun ham alohida ahamiyatga ega. Chunki maktabni bitirganimga ham mana 26 yil to‘ldi. Oradan yillar o‘tsa-da, maktab hovlisi, ustozlar mehri, sinfdoshlar bilan o‘tgan beg‘ubor damlar qalbimizda eng yorqin xotira bo‘lib qoladi. Bugungi bitiruvchilar ham aynan mana shu kunni kelajakda katta sog‘inch va faxr bilan eslashlariga ishonaman. Ayniqsa, bu yil bitiruvchilarni shaxsan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tabriklagani yoshlarimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bugun qishloqdagi oddiy maktab bitiruvchisi ertaga dunyo tan oladigan olim bo‘ladi. Bugun oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi. Bugun kitob o‘qiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi. Shu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling. Bu kelajakka ochilgan eshik, siz uchun qo‘shimcha imkoniyat va rag‘batdir”. Darhaqiqat, bugungi kun - orzularni amalga oshirish yo‘lidagi ilk debocha. Oldingizda hali zabt etiladigan marralar, amalga oshadigan ezgu niyatlar va sizni kutayotgan katta hayot bor. Aziz bitiruvchilar, sizlarga ulkan omad, qat’iyat va yorqin kelajak tilayman. Hech qachon o‘qishdan, izlanishdan va orzu qilishdan to‘xtamang. Yutuqlaringiz bilan ota-onangiz, ustozlaringiz va Vatanimiz faxriga aylaning! *surat Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bugungi “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiridan @Uzbekxonim
Gepostet vor 14 Tagen
📣 The “Yangi Oʻzbekiston Talabalar Olimpiadasi” complex sport competition is continuing! 🥇We are proud to announce that our student, Avazbekov Muhammadqodir, won 1st place in the swimming discipline during the region selection stage of the Olympiad. 🔥 With this excellent result, he has officially qualified to represent New Uzbekistan University in the Republican stage of the competition. 👏 Let’s all congratulate Muhammadqodir on this great success and wish him the best of luck in the upcoming Republican stage!
Gepostet vor 25 Tagen
Abdulla Qodiriy avlodlari zanjiri Bu kontent orqali Abdulla Qodiriyning oʻgʻli Habibullo Qodiriy va uning avlodlari zanjiri bilan tanishamiz. Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin. Eslatma: videokontent oʻrta (5–8), yuqori (9–11) sinf oʻquvchilari uchun tayyorlandi. Aziz oʻquvchilar, siz ham “Avlodlar zanjiri” chellenjida ishtirok eting. Shunchaki ota-onangiz va bobo-buvingiz ishtirokida kreativ video tayyorlang va 20-mayga qadar @KelajakSoati_murojaat_bot manziliga yuboring. Sifatli va qiziqarli videomaterial egalarini esdalik sovgʻalari kutmoqda. Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Gepostet 30. Apr.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari ishtirokida Abdulla Qodiriy merosiga bag‘ishlangan ma’rifiy dastur tashkil etiladi Sizlarni “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari ishtirokida tashkil etilayotgan “Moziyga qaytib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvga taklif etamiz. Mazkur dastur doirasida qadim Turkistonning nafis so‘zanalari va milliy liboslari namoyish etiladi. Shuningdek, atoqli adib Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida suhbatlar o‘tkaziladi. Uning mashhur “O‘tkan kunlar” romani asosida intellektual musobaqa ham tashkil etiladi. Musobaqaning faol ishtirokchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Xususan, g‘olib jamoaga 6 ta planshet topshiriladi. 📍 Manzil: Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 🗓 Sana: 2-may, 2026-yil 🕚 Vaqt: 11:00–17:00 🔗Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 🔗Tadbir dasturi 📌Intellektual musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tish: — jamoa bo‘lib — yakka tartibda Barchangizni ushbu adabiy-ma’rifiy uchrashuvda kutib qolamiz. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎓 Qabul davom etmoqda! “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling. 🌐Hujjat topshirish
Gepostet 28. Apr.
#chorlov #ulashing Bundan 2 yil avval, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida rahbar bo‘lgan vaqtlarim jamoamiz bilan adibning uy-muzeyida “Adabiy laylatul-qadr” kechasini o‘tkazgan edik. Kechamiz fayzli, xayriya auksionimiz barakali, zakovat musobaqamiz esa yorqin lavhalarga boy o‘tgan edi. Maktabdan ketgan bo‘lsam-da, yuragim o‘zbek milliy urf-odatlariga, Abdulla Qodiriy asarlarida tasvirlangan o‘sha go‘zal qadriyatlarimizga tortaveradi. Shu bois, Xondamir aka Qodiriy yana shu kechani takrorlash taklifi bilan chiqqanlarida, bu safar yanada katta marrani ko‘zlash kerakligini o‘ylab, Mohira opa Sultonovaga — “O‘zbekligim – o‘zligim” nodavlat-notijorat tashkilotiga murojaat qildim. Ular chorlovimga “labbay” deya javob berdilar. Bir tomondan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori Shoira opa Sodiqova ham iqtidorli o‘quvchilari bilan yana bir mo‘jiza yaratishga kirishdilar. So‘ngida esa axborot hamkori sifatida Inobat Ahatova boshchiligidagi “Oyina.uz” jamoasi ham biz bilan bir safda turishni ma’qul ko‘rdi. Aslida, tadbir g‘oyasi 2025-yilning oktyabr oylaridayoq tug‘ilgan, dastlabki ssenariylar ham yozib bo‘lingan edi. Ammo vaqt, vazifalar va xizmat safarlari sabab bu niyat biroz kechikdi. Endi esa tadbirimizning “xamirini to‘la qorib bo‘ldik”. Qovoqli taklifnoma g‘oyasi ham aynan o‘sha paytda tug‘ilgandi. Biz taklifnoma oddiy bir qog‘oz emas, balki ramz, asarning yaqqol detali va estetik go‘zallik – san’at asari bo‘lishini xohladik. Shu jarayonda asardagi eng rostgo‘y (kimlarningdir nazarida hatto darvish) qahramon – Qovoq devona timsoli tanlandi. Bu personajning ahamiyati shundaki, u hazil aralash gaplari bilan ko‘pchilik ayta olmagan haqiqatlarni ayta olgan. Hatto Otabekning Toshkentda uylangani haqidagi xabar ham aynan shu Qovoq devona orqali tarqaladi. Bizning maqsadimiz – tadbirimiz ham xuddi Qovoq devonadek “Toshkandning barchasiga ma’lum; beklardan, boylardan; qisqasi, shaharning katta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar ortdir”mog‘idir. Shu sabab, siz aziz do‘stlarimizdan ushbu adabiy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishingizni, uni yaqinlaringizga ulashishingizni hamda tashkilotlar tomonidan do‘stona hamkor yoki homiy sifatida qo‘llab-quvvatlashingizni samimiy so‘rab qolamiz. Rasmda: Abdulla Qodiriy ijod maktabi o‘quvchilarining ijodi – qovoqlar (Faberje tuxumi emas) Tadbir kuni bo’ladigan milliy QUIZ da qatnashish istagidagi o’quvchi-talablarga deyarli 40% lik chegirma bilan (125 ming so’m) ishtirok etishni taklif etamiz! @Uzbekxonim
Gepostet 5. Apr.
690 yillik arafasida: “Amir Temur” filmi qanday taassurot qoldirdi? Bugun, 5-apreldan boshlab yurtimizdagi barcha kinoteatrlarda “Amir Temur” filmining o‘zbek tilidagi namoyishlari boshlandi. Film haqida turli fikrlar bo‘layotgani tabiiy. Chunki u tarixiy shaxs va murakkab davrni qamrab oladi. Mening kuzatishimcha, filmda tarixiy elementlardan foydalanishga harakat qilingan, ayrim g‘oyalar esa manbalarga tayangan holda badiiy talqin etilgan. Ayniqsa, Temur shaxsiyati orqali “inson taqdirini tanlamaydi, taqdir insonni tanlaydi” degan g‘oya berilgani e’tiborli. Shu bilan birga, uning dastlabki ijtimoiy mavqei, hokimiyatga kelishi va legitimlik masalalari ham ma’lum darajada aks etgan. Lekin bir narsani aniq tushunish kerak: bu filmni to‘liq tarixiy manba sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas. Bu avvalo — badiiy asar. Kino formati doim dramaturgiya va ta’sirga tayanadi, shu sababli ayrim jihatlar tabiiy ravishda qayta ishlangan. Yuqorida UzDiplomat.uz sayti uchun bergan intervyuimdan film haqidagi shaxsiy xulosalarimni batafsil bilib olishingiz mumkin. @Uzbekxonim
Gepostet 20. März
🌙Ramazon – poklanish, Navro‘z – yangilanish fasli Bu yilgi Ramazon oyi har qachongidan ham o‘zgacha ruhda o‘tdi. Bu muborak oy nafaqat ro‘za tutish, balki qalbni poklash, sabrni mustahkamlash va ezgulikni ko‘paytirish uchun yana bir bor imkon bo‘ldi. Har bir qilgan duolarimiz, sadaqalarimiz va yaxshi amallarimiz bilan o‘zimizni ham, jamiyatni ham yaxshiroq qilish yo‘lida qadam tashladik. Ayniqsa, bu yil Ramazon hayiti bilan Navro‘z ayyomining deyarli bir vaqtga to‘g‘ri kelgani o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi. Go‘yo ruhiy poklanish va tabiatning yangilanishi bir nuqtada tutashdi. 🌿 Navro‘z – bu qadimiy qadriyatlarimiz, milliy o‘zligimiz va bahorning ilk nafasi bilan kirib keladigan umid bayramidir. Bu kun yangilanish, mehr-oqibat va birlik timsolidir. Mumtoz adabiyotimizda ham Navro‘z go‘zalligi yuksak ruhda tasvirlangan. Xususan, Ogahiy bu ayyom haqida shunday deydi: “Baland aylab quyoshga poya navro'z, Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. Kelib fayz-u nishot-u aysh birla, Muhayyo qildi elga voya navro'z”. Bugungi kunda bu ulug‘ ayyomlar arafasida yurtimizda yana ikki muhim maskan – Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ochilishi ham bejiz emas. Bu maskanlar xalqimizning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va din uyg‘unligini yana bir bor namoyon etadi. ✨ Bu muborak kunlar qalblarimizni birlashtirib, hayotimizga yangi umid va baraka olib kelsin. Barchangizni Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etaman! @Uzbekxonim
Gepostet 16. März
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari xalqaro muhandislik festivali uchun innovatsion loyihalar tayyorlamoqda Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak muhandislari – 2026” xalqaro festivali oldidan “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari faol tayyorgarlik olib bormoqda. Hozirda universitet talabalari uchta jamoa tarkibida sun’iy intellekt, robototexnika hamda aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari yo‘nalishlarida innovatsion muhandislik loyihalari ustida ishlamoqda. Mazkur festival yosh muhandislar uchun o‘z ilmiy-texnik salohiyatini namoyon etish, innovatsion yechimlar ustida ishlash hamda xalqaro muhandislik hamjamiyati bilan tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi. “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalarining bunday nufuzli xalqaro tadbirlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab, ularning muhandislik va innovatsion fikrlash salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎓 Qabul boshlandi! “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling. 🌐Hujjat topshirish
Gepostet 12. März
Yangi avlod tadqiqotchilari uchun Research Camp 2026 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Research Camp 2026 yozgi ilmiy dasturi tashkil etiladi. Dastur talabalar hamda maktab bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilarga mentorlar bilan birgalikda real ilmiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi. Ishtirokchilar turar joy hamda kuniga 4 mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Har bir loyiha uchun 6 nafargacha ishtirokchi saralab olinadi. Mazkur tashabbus universitet talabalari tomonidan tashkil etilgan Hogwarts School tomonidan amalga oshirilmoqda. 🔹Yo‘nalishlar: IT • Ekologiya & muhandislik • Ta’lim • Biznes & iqtisod • Biokimyo & tibbiyot • Siyosat & ijtimoiy fanlar • Turizm 🔹Ariza topshirish muddati: 20-mart 🔹 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/J5mHqo1noXQLNcy58 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎓 Qabul boshlandi! “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling. 🌐Hujjat topshirish
Gepostet 8. März
#bayram 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak! Qizim bir kuni mendan: “Dunyoni kim boshqarmoqda?”, deb so’radi. Men: “Prezidentlar.” Haqiqat shuki, ularning aksariyati erkaklar”, deya javob berdim. Lekin tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, shunga qaramay o‘zining irodasi, aql-zakovati va ilmiy salohiyati bilan iz qoldirgan buyuk ayollar borligini ko‘ramiz. Masalan, Buyuk Britaniya siyosatida qat’iyati bilan nom qoldirgan Margaret Tetcher, Germaniyani uzoq yillar barqaror boshqargan Angela Merkel, siyosiy mas’uliyat va matonat timsoli bo‘lgan Tereza Mey kabi ayollar dunyo siyosiy tarixida muhim sahifalar yaratgan. Ilm-fan tarixida ham ayollar beqiyos iz qoldirgan. Ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan buyuk olima Maria Kyuri, insoniyat tafakkuri va ilmiy tafakkuriga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ayollar bunga yorqin misoldir. O‘zbek tarixiga nazar tashlasak ham, ayollar faqatgina oila tarbiyasi bilan emas, balki ma’naviyat, madaniyat va davlat hayotida ham muhim rol o‘ynaganini ko‘ramiz. Masalan, temuriylar davrida ilm-ma’rifat va bunyodkorlik ishlarining homiysi bo‘lgan Saroymulkxonim (Bibixonim), temuriylar saroyida siyosiy va ma’naviy nufuzga ega bo‘lgan Gavharshodbegim, adabiyot va ma’rifat yo‘lida iz qoldirgan Uvaysiy, Nodira kabi siymolar tariximizda yorqin sahifalarni tashkil etadi. Bugun ham ayollarimiz ilmda, ta’limda, davlat boshqaruvida, jamiyat hayotida faol bo‘lib, kelajakni barpo etishda katta hissa qo‘shmoqda. Aziz va mo‘tabar ayollar! Sizlarning sabr-toqatingiz, mehringiz, bilim va matonatingiz jamiyatimizning eng katta boyligidir. Barchangizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ilhom va yangi yutuqlar tilayman. *rasmda Umay ona tasviri. Umay ona — qadimgi turkiy xalqlar e’tiqodida Tengridаn keyingi eng muqaddas ayol ilohasi, onalik, farzand va tug‘ruq homiysi hisoblangan. U turkiy madaniyatda hayot, nasl davomiyligi va onalik mehrining ramzi sifatida e’zozlangan. @Uzbekxonim
Hashtags
Gepostet 3. März
“Yangi O‘zbekiston” universitetining 2 nafar talaba-qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi qaroriga muvofiq, mamlakatimizning iqtidorli va tashabbuskor qizlarini rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Quvonarlisi shundaki, “Yangi O‘zbekiston” universitetining talaba-qizlari ham ushbu nufuzli Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi: 🔹Sevinch Mavlonova — Kiberxavfsizlik ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi; 🔹Nodira Ibrohimova — Sanoat boshqaruvi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti. Ma’lumot uchun, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, madaniyat, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan, o‘z iqtidori va tashabbuslari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan qizlarni rag‘batlantirishga qaratilgan nufuzli davlat mukofotidir. Sevinch va Nodirani yuksak davlat mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎓 Qabul boshlandi! “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling. 🌐Hujjat topshirish