TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Xayrli kech kanal obunachilari, birinchi post tanishtiruv bo’lishi kerak. Ism sharifim Hilola Nazirova. Butun O’zbekiston va uning oltin merosiga aylangan qo’lyozmalar maskanida, ya’ni rasmiy nomi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodimman. Kanaldan maqsad qo’lyozmalarda yozilgan tarixni ilmiy-ommabop tarzda o’quvchiga yetkazish.