Inhalt
Agar farzandingiz jurnalistika, xorijiy tillar, adabiyot va notiqlik kabi sohalarga qiziqadigan bo'lsa, unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi aynan siz qidirgan maskan! Ijod maktabi 2023-2024 o'quv yili uchun 7-8-9-10 sinflarga qabul jarayonlarini boshladi. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. Qabul uchun quyidagi hujjatlarni elektron shaklda yuklashingiz kerak bo'ladi: ➖ Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi; ➖ Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖ O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖ Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari; Imtihon 3 bosqichda bo'lib o'tadi: 1-bosqich: ijodiy matn yaratish; 2-bosqich: ijodiy suhbat; 3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test. Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Sizni qiziqtirgan savollar bilan Abdulla Qodiriy ijod maktabi qabul operatorlariga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +998909261707 +998930924190 +998906564040 ☎️Call-markaz: 1206