TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #383

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten1,220Anzahl der Ansichten
Gepostet7. Juli07.07.2023, 13:34
Beitragsinhalt

Inhalt

O‘zbek tilidagi Telegram kanallar anchagina. Lekin ular orasida ziyolilarga mo‘ljallangan, millat ruhi va imiji uchun jon kuydiradiganlari sanoqli. Aynan shunday kanallarning saralarini sizga tavsiya qilamiz: 🔍🔥“Oyina.uz” – dolzarb mavzudagi tanqidiy maqolalari va tahlillari, materiallarga o‘ziga xos yondashuvi bilan qisqa vaqtda jamoatchilik tiliga tushgan portal. Materiallari o‘quvchini tafakkur qilishga chorlaydi. Portal allaqachon ziyolilarning minbariga aylanib ulgurdi. Eng sara va ishonchli yangiliklar ham shu yerda. 📺⚡️“Madaniyat va ma’rifat” telekanali – O‘zbekistonda yagona bo‘lgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi telekanalning rasmiy sahifasi. Unda millat ziyolilarining teran fikrlari, shuningdek, ilm-fan, san’at, teatr, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi. “Qaqnus”ning barcha sonlarini ham shu yerdan topasiz. 📰🚀“Ma’rifat” gazetasi – ta’lim sohasini yorituvchi ko‘p yillik ziyolilar nashri. Kanalda turli dars ishlanmalari, tahliliy-tanqidiy materiallar, o‘qituvchilar ish faoliyatida asqotadigan metodik maqolalar mavjud. Ta’lim tizimiga doir yangiliklarning ishonchli manbasi hisoblanadi. 🎥🎯“O‘zbekiston tarixi” – Davlatchiligimiz tarixidan hikoya qiluvchi kanal. Unda dolzarb mavzularda professor, olim va turli soha vakillari bilan intervyular, tarixiy obidalar hamda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan manzillariga sayohatlar, tok-shoular va ko‘plab qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.