TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #390

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten226Anzahl der Ansichten
Gepostet22. Aug.22.08.2024, 15:06
Beitragsinhalt

Inhalt

Uzoq vaqtlik tanaffusdan so'ng "O'zbekoyim" o'zanini qayta yuritishga qaror qildim. Avval bu yerda o'zbek ayollarining tarixi, buguni va kelajagi mavzularida postlar yozilardi, ulashilardi. Endi esa bunga qo'shimcha tarzda yangi mavzuda, yangi formatda shaxsiy fikrlar, ilmiy ma'lumotlar, kitob va maqolalardan iqtibos, intervyulardan videolavhalar berib boriladi. Jamiyatga, ta’limga, umuman olganda, o’zbek xalqiga bee’tibor bo’lmagan Hilola Nazirova qarashlari bayon etiladigan kanal. Shu vaqtga qadar birga bo'lganingizdan xursand va yana bir mas'uliyatni qabul qilib olgan holda boshladik! @Uzbekxonim