TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #391

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten220Anzahl der Ansichten
Gepostet24. Aug.24.08.2024, 09:06
Beitragsinhalt

Inhalt

#kitob O’zbekiston madaniy merosini o’rganish, saqlash va ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan “O’zbekiston madaniy merosi jahon to’plamlarida” loyihasida nashr etilgan 60 jildlik kitobning 10 jildini jamiyat rahbari Firdavs Fridunovich Abduxoliqov “Yangi O’zbekiston” universitetiga sovg’a qildilar. Eng sevimli mashg’ulotlarimdan biri kitob xaridi, kitobni “unpacking” qilishdir. Garchi bu ajoyib kitoblarni o’zim sotib olmagan bo’lsam-da (sotuvda yo’qligi uchun-da), universitetga kelgan kitoblarni “unpacking” qilib ko’rdim. O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida xuddi shu turkumdagi 60 jildlik kitob-albomlar nashr etildi. Ulardan 15 jilddan ortigʻi Oʻzbekistondagi muzey va kutubxonalar hamda shaxsiy kolleksiyalarga bagʻishlangan. Savitskiy muzeyi, Tarix muzeyi, Sanʼat muzeyi, Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Dekorativ amaliy va xalq amaliy sanʼati muzeyi va boshqa koʻplab kolleksiyalar shular jumlasidandir. Xorijiy to'plamlar bir vaqtning o'zida 16 mamlakatning eng boy kolleksiyalari orqali ifodalanadi, bular: AQSh, Germaniya, Rossiya, Vengriya, Polsha, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa ko'plab mamlakatlar. Ushbu ko‘p jildli nashr sahifalarida Luvr, Fransiya milliy kutubxonasi, AQSh Kongressi kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Hindistonning Xuda Baxsh milliy kutubxonasi, Top Kapi saroyi kutubxonasi, Davlat Ermitaj muzeyi, Tretyakov galereyasi, Miho muzeyi, Berlin etnografik muzeyi va boshqalar kabi jahonga mashhur muzeylarning O‘zbekiston kolleksiyalari joy olgan. Loyiha doirasida to‘plamlari nashr etilgan muzey va kutubxonalardan 200 dan ortiq olim va tadqiqotchilar, kitoblar muallifi bo‘ldi, deydi Woscu sayti. @Uzbekxonim