Inhalt
14-15 avgust kunlari “Sen kuchlisan” loyihasining 1 yilligi munosabati bilan gematologik va onkologik kasalliklariga qarshi kurashayotgan bolajonlar chizgan rasmlar ko’rgazmasi Abror Zohidov tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Ko’rgazmaning ikkinchi kuniga borishga ulgurdim. Meni hayron qoldirgan jihati, rasmlarning aksariyatida O’zbekiston va Turkiya do’stligini aks ettirgan tasvirlarning ko’pligi edi. Keyin shifokorlar xastalikning og’ir bosqichida bo’lgan bolalar operatsiya yo maxsus davolanish uchun Turkiyaga jo’natilishini aytishdi. Bir qancha rasmlardan jamoamiz bilan xarid qildik. 21-avgust kuni universitetimizga Turkiyaning Najmiddin Erbakan universiteti vakillari tashrif buyurishganida ularga ana shu ko’rgazmadan xarid qilingan bir qancha rasmlarni sovg’a qildik. Suratlar tarixini eshitishganda turk qardoshlarimiz juda ta’sirlandi, bolajonlarimizga shifo tilashdi. @Uzbekxonim