TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #413

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten287Anzahl der Ansichten
Gepostet4. Sept.04.09.2024, 16:07
Beitragsinhalt

Inhalt

#maktab Bugun respublikamizdagi barcha maktablarda “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi. “Bilimlar kuni” – maktabga ilk bora qadam bosayotgan jajji bolalar ko’zlarining yonib turishi, ich-ichidan toshib kelayotgan qiziqish, ustozlarning 3 oylik ta’tilidan keyin sog’inib kutganlari, sinfdoshlarini ko’rishga oshiqqan yuqori sinflar – bularning barchasi ana shu kun hayajonlaridir. Shu fursatdan foydalanib, men ham o’zim o’qigan Yashnobod tumani 216-sonli maktabga “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirini ko’rish, so’ngra yuqori sinf o’quvchilariga “Mustaqillik soati” darsini o’tishga bordim. Maktabim men o’qigan davrda ijtimoiy-gumanitar yo’nalishga, asosan, tarix fanini kuchaytirib o’qitilishga qaratilgan edi. Hozir bunday maxsus ixtisoslik yo’q. Bu yil OTMga kirishda 55 bitiruvchiga o’rtacha 75.7 ball to’g’ri kelmoqda. Suhbatda asosan 9-10 sinf o’quvchilari ishtirok etgani uchun ular bilan imtihonlarda to’plangan ballning ahamiyati, DTM diagnostik testlari, universitet hayoti, soha tanlash mas’uliyati mavzularida gaplashdik. Umuman olganda, suhbat ham o’zimga, ham o’quv yilini endi boshlayotgan o’quvchilarga foydali va manfaatli bo’ldi, deb o’ylayman. Sababi o’quvchilar bilan suhbatdan so’ng bu yilgi kirish imtihonlari natijasiga ko’ra kuchli 10 talikka kirishlarida o’quvchilar, ularga o’qib-o’rganishda qo’limdan kelgancha yordam berishda men – bir-birimizga va’da berdik. Jonajon maktabimning har bir o’quvchisi men uchun qadrli! Yangi o’quv yilining birinchi kuni barchaga muborak bo’lsin! @Uzbekxonim