Inhalt
#universitet Bugun Xalqaro Informatika olimpiadasida sovrindor bo’lgan talabamiz Mardon Xazratovni Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldik. Ko’pchilikning e’tibori Parijdagi yozgi olimpiadalarda bo’lgan bir vaqtda yoshlarimiz ilm-fanda ham birdek iqtidorli ekanliklarini bot-bot isbotlashgani ma’lum. Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli o’rinni egalladi. "Yangi Oʻzbekiston" universitetining ikki nafar talabasi ushbu olimpiadada ishtirok etib, talabamiz Mardon Hazratovbronza medalini qoʻlga kiritdi. Mardon Navoiy shahri markazidan yana 2 soatlik yo’l uzoqlikdagi chekka Katta-Ej qishlog’idan, katta soy degan ma’noni anglatarkan. Onasi bilan suhbat qurganimizda katta o’g’li Moskvada universitet talabasi ekani, Mardon yoshligidan turli olimpiadalarda qatnashganini gapirib berdi. Sodda va xokisor insonlarning farzandlari xalqaro maydonga chiqayotgani avvalo oiladagi qo’llab-quvvatlovga, ishonchga bog’liq. Hatto bir safar akasi Mardonga “Baribir kim yutishi aniq, joyingni koyitib musobaqalarda qatnashib nima qilasan?”, deb ham aytgan ekan. Navoiylik yigitning hech qanday tanish-bilishsiz, adolatli va shaffof yo’l bilan xalqaro shohsupadan o’rin olgani bugungi sharoit va imkoniyatlarni ko’rsatib beradi. *oxirgi suratda Katta-Ej qishlog’i @Uzbekxonim