Inhalt
#imkon_chellenj Kecha yana shogirdim Nigora bilan Adliya vazirligining “Imkon” loyihasida ishlangan “Matonat” filmi premyerasiga bordik. Milliy kino san’at saroyidagi premyera yuqori saviyada tashkil etilibdi. Premyeraga vazirlar, senatorlardan tortib jamoatchilik faollarigacha, aktyor-aktrisalardan tortib yozuvchi-shoirlargacha, ilm-fan vakillaridan to blogerlargacha taklif qilingan ekan. Endi film haqida gapirsak. “Matonat” filmiga taklifnoma kelganida nega surxon do’ppi qo’shilganini to’la anglamagandim. Keyin film bosh qahramoni Dilorom Yuldasheva Surxondaryo viloyatining olis qishlog’idan ekani, halol mehnati va mashaqqatli taqdiri bilan dovrug’i nafaqat azim Toshkentga, balki butun respublikamizga yoyilgani ayon bo’ldi. Premyerada shaxsan o’zim uchun haqiqiy ma’noda matonatli o’zbek ayolini kashf qildim. Filmi spoyler qilish niyatim yo’q. Zotan bugundan YouTube orqali ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Aytmoqchi bo’lgan birgina gapim: inson yaqinlarining ko’magi, daldasi bilan jasoratli bo’ladi, matonatli bo’ladi. Dilorom opaga nafaqat yaqinlari, balki ayrim filmlar orqali ovsinlarni dushman qilib ko’rsatilayotgan, bu narsa bora-bora trendga chiqayotgan bir vaqtda ovsinining daldasi, ularning opa-singildan ham yaqinligi, hatto ovsini uchun maktabdagi ishidan bo’shab, ikki ro’zg’orga bosh-qosh bo’lgan ayol ham haqiqiy qahramon men uchun. Shu o’rinda, taklif uchun Shahnoza Soatova tashakkur. “Imkon” loyihasidan yana shunday ko’plab qahramonlarning kashf etilishini kutib qolamiz. Kinoijodkor Hamid Toshpo’latov premyerada aytganidek, mana kino qanaqa bo’ladi! Film bu yerda: https://youtu.be/oTCyEmyI1jo @Uzbekxonim