TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #508

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten667Anzahl der Ansichten
Gepostet8. Jan.08.01.2025, 17:48
Beitragsinhalt

Inhalt

#ilm Bir yili akademik Ubaydulla Karimov konferensiyasining toʻplamini nashrga tayyorlash jarayonida muqovasiga rasm tanlayotgandik. Shunda Fargʻona shahrining Loʻmbitepa yodgorligidan topilgan 7-8 asrga oid koʻzadagi yozuvning rasmini bergan edik. Yozuvni professor f.f.d Qosimjon Sodiqov: “ikki umr kechir (uzoq umrli boʻl), ikki kishilik umr yasha, narigi dunyoying ham rohatli boʻlsin” ,deya oʻqigan edilar. Shu kunlarda Andrey Kubatinning kitobini varaqlab, olimning ikkinchi umri uning kitob va maqolalari ekanligiga amin boʻlmoqdaman. Hurmatli ilm yoʻliga kirgan yoshlar, ikkinchi umringiz uzun boʻlishini istasangiz, birinchi umringizda soxtalik qilmang. Feruza Djumaniyazova: “Andreyning ikkinchi umri uzoq yillarga xizmat qilgay. U har bir maqolasini alohida mehr bilan yozardi”. @Uzbekxonim