TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #511

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten759Anzahl der Ansichten
Gepostet21. Jan.21.01.2025, 11:26
Beitragsinhalt

Inhalt

#ilm Bundan bir hafta avval O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasidan telefon qilishib, kelib ketishim zarurligini aytishgandi. Bir tarafdan o’sha kutganim uyushma a’zoligi berilarmikan deb o’yladim, ikkinchi tarafdan Ijodkor ayollar maslahat kengashi sabab degan xayol ham o’tdi. Qo’shimcha o’rnida aytib o’tsam, 9-yanvar kuni O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi qoshida Ijodkor ayollar maslahat kengashi tashkil etildi va men ham unda kengash a’zosi bo’ldim. Kengash adabiyotda, san’atda va ilmda ilg’or bo’lgan o’zbek ayollaridan tarkib topgan, O’zbekiston xalq shoirasi Fariza Afro’z boshchiligida tuzildi. 15-yanvar sanasida esa 1518-raqam ostida O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi bo’ldim. Domla Sirojiddin Sayyid ta’kidlaganidek, bu a’zolikka Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, Odil Yoqubov, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov kabi adabiyotimizning katta figuralari qabul qilingan. Endi ularning safida bo’lish yelkamga yanada ulkan mas’uliyatlar yuklaydi. Soham tarixiy manbashunoslik bo’lishiga qaramasdan, adabiyotga bo’lgan mehrim o’z yo’nalishimga bo’lgan mehrdan oz emas. O’sha kuni uyushmaga qabul qilingan eng yosh a’zo o’zim edim, tadbirda tilshunoslarning katta ustozi Nasimxon Rahmonov domlaning ham uyushmaga a’zolikka qabul qilinganlari, ular bilan turkiy malikalar, Turkon xotin haqidagi subbatimiz qisqa esa-da, juda mazmunli bo’ldi. Tadbirdan chiqib yo’lda yozuvchimiz Ma’mura Zohidova, dilbar shoira Farida Afro’z va yosh ijodkor Shohsanam Nishonovalarni uchratdim, Farida opa shunda uyushmaga a’zo bo’lgan ayol ijodkorlar soni 411 taga yetganini aytdilar. Bu safning yaqin yillarda kengayishiga ishonchimiz komil. Uyushmaga a’zo bo’lishga ariza va hujjatlarni ijod maktabida direktor bo’lgan vaqtlarimda topshirgandim. Roppa-rosa 15 oy o’tib, haqiqiy guvohnomani qabul qilib oldim. Va a’zolik ilmga va faol ilmiy ijodga qaytishim kerakligini yana bir bor esimga soldi. @Uzbekxonim