TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #534

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten1,450Anzahl der Ansichten
Gepostet8. März08.03.2025, 12:53
Beitragsinhalt

Inhalt

8-MART TARIXI BIZGA NIMALARNI SO’ZLAYDI?! 8-mart sanasi dastlab 1909-yilda AQShda sotsialist ayollarning siyosiy harakati sifatida boshlangan. 1910-yilda Kopengagenda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Klara Setkin ishchi ayollar huquqlari uchun kurashish maqsadida maxsus kun belgilashni taklif etdi. Rossiyada esa bu sana 1917-yilgi Fevral inqilobidan so‘ng ayollarga saylov huquqi berilishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Keyinchalik, 1922-yilda Lenin tomonidan bu kun “Xalqaro ayollar kuni” deb e’lon qilindi va 1966-yilda Sovet Ittifoqida dam olish kuni sifatida belgilandi. 1977-yildan boshlab esa BMT tomonidan rasman nishonlanib kelinmoqda. O‘rta Osiyo mintaqasida XX asrning 20-30-yillarida ayollar ijtimoiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. 1924-1929 yillarda O‘zbekistonda ayollarni emansipatsiya qilish siyosati doirasida paranjini tashlash kampaniyasi o‘tkazildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayonda 2,500 dan ortiq ayol halok bo‘lgan. Shu davrda mashhur aktrisa Maryam Yoqubovaning hayoti ham bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq. 1909-yilda Buxoroda tug‘ilgan Yoqubova yoshligida amir saroyida xizmat qilgan, keyinchalik esa jadidchilik harakatiga aloqador bo‘lgan. U Moskvada o‘qish istagini bildirganida, paranjisiz yurishga qaror qiladi. Dastlab bu unga qiyin bo‘lsa-da, oxir-oqibat o‘z hayotini san’at va madaniyatga bag‘ishladi. U O‘zbekistonda sahna san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shib, “Mahallada duv-duv gap” filmida o‘zbek onasi va qaynona rolini mahorat bilan ijro etdi. Yanada ko’proq ma’lumotlarni videodan bilib olishingiz mumkin. Yangi boshlagan ishimizdan namunalar ko’proq bu yerda joylab boriladi. Bayramingiz muborak aziz va munis ayollar🌷 @Uzbekxonim