Inhalt
#universitet Bugun Mirzo Ulug’bek tumanidagi Markaziy bog’da Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan katta yarmarka tashkil etildi. Unda talabalarimiz ham o’zlarining startap loyihalari bilan ishtirok etishdi. “Yangi O’zbekiston” universiteti asosan aniq soha, texnika, sun’iy intellekt, robototexnika, kimyo muhandisligi kabi yo’nalishlarini qamrab olgani uchun, yarmarkada talabalar va o’qituvchilar tomonidan yasalgan mini robotlar, 3D modeli asosida yaratilgan buyumlar bilan ishtirok etdik. Tashrif buyuruvchilarning aksariyati 4-kurs talabalarining Start Up loyihasiga katta qiziqish bildirishdi. Tuman hokimlaridan tortib bank rahbariyatlarigacha. Start Upning asosiy mazmuni – plastik chiqindilardan qattiq qurilish xomashyosini (bruschatka, g’isht) tayyorlash va uni sanoatda qo’llash. Bu ham tabiatga katta zarar keltiradigan plastik chiqindilarni qayta ishlashga yordam beradi, ham beton homashyodan ancha arzonga xarid qilinadi. Bu loyihaga deyarli 3 yil bo’lgan. Loyiha egalari bo’lgan talabalarimiz Sulton, Emir yaqinda Qozog’istondagi Nazarbayev universitetida ham tajriba o’tab, yangi mahsulot ustida amaliy tajribalar qilib qaytishdi. Bilamizki, Start Up lar odatda boshlanishida o’z-o’zini moliyalashtiradigan loyiha bo’lishadi. Ko’p hollarda tug’ilgan g’oyaning faqatgina originalligi kamlik qilishi mumkin, loyihaning jamiyatga yetib borishigacha ancha qiyinchiliklar, sinovlar boshdan kechiriladi. Loyihani dastlab talabalarimizning ota-onalari qo’llashgan, moddiy tarafdan ta’minlashgan. So’ngra bu qo’llovning yoniga Universitet rahbariyati ham qo’shilgan. Videoda “Aloqabank” banki rahbariyati ushbu Start Up loyihaga qanday qiziqish bildirishgani aks etgan. @Uzbekxonim