Inhalt
Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Karimova Eʼzozxon Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari – Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. E’zozxon opani Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga direktor etib tayinlangan vaqtimdan buyon taniyman. Ularning agentlik tizimidagi qilgan ishlari tahsinga sazovor. Har bir viloyatimizning chekka hududlarida o’rganishlar olib borgan fidoyi hamda bugungi kun ta’limining jonkuyarlaridan biri. Ayniqsa, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o’quvchilar orasida “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi, “Teatr – ibratxonadir” Respublika tanlovlarining har yili yuqori saviyada tashkil etilishida ularning katta mehnati bor. Ezozxon opa nafaqat mas’ul sifatida, balki shaxs sifatida mard, tanti va kezi kelganda qattiqqo’l ayol ham. Xususan, “Yangi O’zbekiston” universitetida ham yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida ham salmoqli ishlarni amalga oshirganlar. E’zozxon opani ushbu mas’uliyatli vazifa bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bolalarimizning taqdiri bevosita bugungi pedagoglarimiz qo’lida ekan, bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash tizimi ham endi ishonchli qo’llarda deb bemalol ayta olish mumkin. Qisqacha qilib aytganda, bugungi ta’limdagi islohotlar guvohi bo’lib, jadidimiz Abdulla Avloniyning shu gaplari esimga tushdi: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni esa rivojlantirmog‘imiz lozim” @Uzbekxonim 🚀🔵🎬📷🐤